https://oz.sputniknews.uz/20260903/thailand-viza-tolov-moscow-60166086.html
O‘zbekistonliklar Tailand vizasi uchun to‘lovni Moskvada amalga oshiradi
O‘zbekistonliklar Tailand vizasi uchun to‘lovni Moskvada amalga oshiradi
Sputnik O‘zbekiston
15 sentabrdan O‘zbekiston fuqarolari Tailandga vizasiz kira olmaydi. Elektron viza uchun ariza onlayn topshiriladi, ammo yig‘im Moskvadagi Tailand elchixonasida naqd AQSh dollarida shaxsan yoki vakil orqali to‘lanadi.
2026-09-03T11:44+0500
2026-09-03T11:44+0500
2026-09-03T11:53+0500
viza
tailand
moskva
sayyohlar
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/05/26851630_0:257:2731:1793_1920x0_80_0_0_6ec0d347c17f845bfc6440ad3baa20fd.jpg
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. 15-sentabrdan Tailandga boradigan O‘zbekiston fuqarolari vizani oldindan rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi. Ariza elektron tarzda topshiriladi, viza yig‘imi esa Moskvada to‘lanadi. Tailandning Moskvadagi elchixonasi saytida e’lon qilingan amaldagi tartibga ko‘ra, O‘zbekistonda yashovchi fuqarolar elektron viza uchun thaievisa.go.th portali orqali ariza topshiradi. Viza yig‘imini onlayn to‘lash imkoniyati mavjud emas, to‘lov Moskvadagi elchixonada naqd AQSh dollarida amalga oshiriladi.Ariza elektron tizimga kiritilgandan so‘ng to‘lov rekvizitlari va QR-kod ko‘rsatilgan tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Viza yig‘imini onlayn to‘lash imkoniyati mavjud emas.Tailandning Moskvadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, to‘lov ariza beruvchi yoki uning vakili tomonidan elchixonada naqd AQSh dollarida amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun tasdiqlovchi hujjat olingandan keyin 14 kun ichida to‘lovni amalga oshirish talab etiladi.Avvalroq Tailand Tashqi ishlar vazirligi 2026-yil uchun vizasiz kirish va yetib kelgach viza olish tartiblarining yangilangan ro‘yxatini e’lon qildi. Yangi qoidalar 15-sentabrdan kuchga kiradi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari uchun amaldagi vizasiz kirish va Visa on Arrival imkoniyati bekor qilinadi.Tailandga sayyohlik maqsadida boradigan fuqarolar vizani safardan oldin rasmiylashtirishi lozim.
https://oz.sputniknews.uz/20260416/henley-reyting-uzbekistan-pasport-orin-56937219.html
tailand
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/08/05/26851630_0:0:2731:2048_1920x0_80_0_0_82353ed3dad01b0fec54077694cd5718.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
viza, tailand, moskva, sayyohlar, jamiyat, o‘zbekiston
viza, tailand, moskva, sayyohlar, jamiyat, o‘zbekiston
O‘zbekistonliklar Tailand vizasi uchun to‘lovni Moskvada amalga oshiradi
11:44 03.09.2026 (yangilandi: 11:53 03.09.2026) 15 sentabrdan Tailandga boradigan O‘zbekiston fuqarolari vizani safardan oldin elektron tarzda rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. 15 sentabrdan Tailandga boradigan O‘zbekiston fuqarolari vizani oldindan rasmiylashtirishi kerak bo‘ladi. Ariza elektron tarzda topshiriladi, viza yig‘imi esa Moskvada to‘lanadi.
Tailandning Moskvadagi elchixonasi saytida e’lon qilingan amaldagi
tartibga ko‘ra, O‘zbekistonda yashovchi fuqarolar elektron viza uchun
thaievisa.go.th portali orqali ariza topshiradi. Viza yig‘imini onlayn to‘lash imkoniyati mavjud emas, to‘lov Moskvadagi elchixonada naqd AQSh dollarida amalga oshiriladi.
Ariza elektron tizimga kiritilgandan so‘ng to‘lov rekvizitlari va QR-kod ko‘rsatilgan tasdiqlovchi hujjat taqdim etiladi. Viza yig‘imini onlayn to‘lash imkoniyati mavjud emas.
Tailandning Moskvadagi elchixonasi ma’lumotiga ko‘ra, to‘lov ariza beruvchi yoki uning vakili tomonidan elchixonada naqd AQSh dollarida amalga oshirilishi mumkin. Buning uchun tasdiqlovchi hujjat olingandan keyin 14 kun ichida to‘lovni amalga oshirish talab etiladi.
Avvalroq Tailand Tashqi ishlar vazirligi 2026-yil uchun vizasiz kirish va yetib kelgach viza olish tartiblarining yangilangan ro‘yxatini
e’lon qildi. Yangi qoidalar 15-sentabrdan kuchga kiradi. Unga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari uchun amaldagi vizasiz kirish va Visa on Arrival imkoniyati bekor qilinadi.
Tailandga sayyohlik maqsadida boradigan fuqarolar vizani safardan oldin rasmiylashtirishi lozim.