Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina mojarosi, Rossiya iqtisodiyoti va Uzoq Sharq — Putinning ShIFdagi bayonotlari

© Sputnik / Grigoriy Sisoyev / Mediabankka o‘tishVladimir Putin
Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Ukrainadagi vaziyat, safarbarlik, tinchlik muzokaralari, iqtisodiyot, Uzoq Sharq va demografiya bo‘yicha qator bayonotlar berdi.
TOShKENT, 3 sen — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Vladivostokda o‘tayotgan Sharqiy iqtisodiy forumning (ShIF) yalpi majlisida Ukraina, iqtisodiyot, Uzoq Sharq, demografiya va sun’iy intellekt haqida qator bayonotlar berdi.
Maxsus harbiy operatsiya haqida
Rossiya qo‘shinlari jangovar to‘qnashuv chizig‘ining barcha yo‘nalishlarida oldinga siljimoqda;
Ukraina Qurolli kuchlarining yo‘qotishlari ular safiga qo‘shilayotganlar sonidan ancha yuqori;
Ukraina qo‘shinlaridagi yo‘qotish va safga qo‘shilayotganlar o‘rtasidagi farq har oy 8–12 ming kishini tashkil etmoqda;
Ukrainada odamlar majburan ushlanib, frontga yuborilmoqda;
Rossiyada harbiy xizmat uchun shartnomalar ixtiyoriy ravishda imzolanmoqda;
Rossiyada safarbarlikni talab qiladigan ssenariy mavjud emas;
safarbarlik haqidagi xabarlar axborot hujumi bo‘lib, ular Davlat dumasi saylovlari oldidan vaziyatga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan.
Ukrainadagi mojaroni hal qilish haqida
Ukraina mojarosini hal qilish imkoniyatlari mavjud;
birinchi navbatda Rossiya va Ukraina o‘zaro kelishib olishi kerak;
Kiyevning davlat terrorchiligi ko‘rinishlari tinchlik muzokaralarini murakkablashtirmoqda;
Ukrainaning bunday harakatlariga sukut saqlayotgan ittifoqchilari ham mas’uliyatdan chetda qolmaydi;
Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi aloqalar, jumladan, maxsus xizmatlar orqali davom etmoqda;
AQSh ma’muriyati bilan muloqot saqlanib qolmoqda va natija bermoqda;
Rossiya AQSh bilan to‘laqonli munosabatlarni tiklash tarafdori;
Donald Tramp ijobiy va konstruktiv natijaga erishishga intilmoqda;
Xitoy Ukraina mojarosini tinch yo‘l bilan hal qilish masalasiga katta e’tibor qaratmoqda;
Rossiya mojaroni hal qilishga yordam berishga harakat qilayotgan barcha davlatlardan minnatdor.
Rossiya obyektlariga hujumlar haqida
Rossiya Ukraina hujumlariga javob choralarini ko‘rmoqda;
Rossiyaning javobi “Pandora qutisini ochganlar” uchun sezilarli bo‘ldi;
havo hujumidan mudofaa tizimlarini kuchaytirish va Ukraina energetika obyektlariga zarbalar berish Rossiyada yoqilg‘i bilan bog‘liq xavflarni kamaytiradi;
Rossiya kompaniyalari xavfsizlik tizimlarini mustahkamlamoqda va bu yo‘nalishda natijalar bor;
neftni qayta ishlash zavodlarini ta’mirlash ishlari tez sur’atlarda olib borilmoqda;
NQIZlarni hujumlardan himoya qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar kelajakda ham asqatadi;
Rossiya hamma narsaga tayyor bo‘lishi kerak, bunday tayyorgarlik unga zarar yetkazishni istaganlarga buni qilmagan ma’qulligini anglatadi.
Rossiya iqtisodiyoti haqida
Rossiya iqtisodiyoti barqaror holatda;
iqtisodiy o‘sish davom etmoqda va u prognoz qilingan 0,6 foizdan yuqori bo‘lishi mumkin;
so‘nggi uch yilda Rossiya iqtisodiyotining o‘sish sur’ati Yevropadagi o‘rtacha ko‘rsatkichdan sezilarli yuqori bo‘ldi;
Rossiyada real ish haqi o‘smoqda, ishsizlik 2,3 foizni tashkil etmoqda;
aholi jamg‘armalarini muzlatish rejasi yo‘q;
Rossiyada pul bor, asosiy masala — uni qanday sarflash;
kichik va o‘rta biznesni qo‘llab-quvvatlashning yangi choralari izlanadi;
biznes, jumladan, kichik biznes barqarorlikni his qilishi kerak;
yuqori malakali mutaxassislar va ishchilarga talab yuqori;
Rossiyaning pul-kredit siyosatini haddan tashqari qattiq deb bo‘lmaydi;
yuqori inflyatsiya sharoitida uzoq muddatli investitsiya rejalarini tuzish qiyin;
barqaror makroiqtisodiy sharoit yaratilgandan keyin yangi investitsiya sikli boshlanadi;
xorijiy investitsiyalar Rossiyaga kirib kelmoqda va biznes uchun qiziq bo‘lgan loyihalarga yo‘naltirilmoqda;
Rossiyaning davlat qarzi darajasi dunyodagi eng past ko‘rsatkichlardan biri.
Uzoq Sharq haqida
Uzoq Sharq iqtisodiy o‘sish markaziga aylanishi kerak;
so‘nggi 11-yilda mintaqada qariyb 25 trln rubl investitsiya jalb qilindi;
Uzoq Sharq yalpi hududiy mahsuloti shu davrda uch baravardan ziyod o‘sdi;
mintaqada ishsizlik rekord darajada past;
yangi ish o‘rinlari yaratilmoqda, aholi daromadlari Rossiya bo‘yicha o‘rtacha ko‘rsatkichdan yuqori;
uy-joylarni foydalanishga topshirish hajmi 5,3 mln kvadrat metrga yetdi;
400 tadan ortiq bosh reja obyekti loyihalashtirilmoqda va qurilmoqda;
davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan har o‘ninchi loyiha turizm sohasiga to‘g‘ri keladi;
transport va energetika imkoniyatlarini kengaytirish ishlari davom etmoqda;
Uzoq Sharq va Arktika yangi muhandislik g‘oyalarini tez amalga oshirish maydoniga aylanishi kerak.
Sun’iy intellekt haqida
sun’iy intellekt texnologiyalari katta imkoniyatlar bilan birga muayan xavflarni ham keltirib chiqaradi;
Rossiya sun’iy intellektni rivojlantirish bilan faol shug‘ullanmoqda;
SI texnologiyalari turli sohalarga tobora keng kirib bormoqda;
Rossiya Xitoyning sun’iy intellekt sohasidagi sa’y-harakatlarni birlashtirish tashabbusini qo‘llab-quvvatlaydi.
Demografiya haqida
maxsus harbiy operatsiya Rossiyada tug‘ilish ko‘rsatkichlariga ta’sir qilmoqda, ammo bu asosiy va yagona omil emas;
tug‘ilish darajasi maxsus harbiy operatsiya bo‘lmagan ayrim davlatlarda ham Rossiyadan past;
demografiya milliy xavfsizlik masalasi hisoblanadi;
hozirgi tug‘ilish darajasi Rossiya uchun yetarli emas;
demografik vaziyatni yaxshilash uchun jamiyatda oila va farzand masalasiga munosabatni o‘zgartirish zarur;
Rossiya 1990-yillardan keyin demografik vaziyatni yaxshilash bo‘yicha to‘plangan tajribani yana qo‘llaydi.
Sharqiy iqtisodiy forum 1–4 sentabr kunlari Vladivostokda o‘tkazilmoqda.
Vladimir Putin uchastvuyet v plenarnom zasedanii VEF-2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.09.2026
Vladimir Putin Sharqiy iqtisodiy forum yalpi majlisida ishtirok etdi — video
Yangiliklar lentasi
0