TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Kichik iqtisodiyotga ega davlatlarning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi (YeOII) ishtiroki katta samara beradi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forum doirasida ma’lum qildi.Overchukning qo‘shimcha qilishicha, YeOIIda a’zolik sabab Armaniston iqtisodiyoti ham uch baravar o‘sgan.Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlarning tashkilotda ishtirok etishi, jumladan, ishtirokchi mamlakatlar bozorlarida ish o‘rinlari va raqobatbardosh ustunliklar yaratishni ham nazarda tutadi.
Qirg‘iziston va Armanistonning YeOIIda bo‘lish davrida bu mamlakatlar iqtisodiyoti uch baravar o‘sdi.
TOShKENT, 3 sen – Sputnik. Kichik iqtisodiyotga ega davlatlarning Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqidagi (YeOII) ishtiroki katta samara beradi. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk Vladivostokdagi Sharqiy iqtisodiy forum doirasida ma’lum qildi.
“Qirg‘izistonning YeOIIda bo‘lish davrida uning iqtisodiyoti uch baravar o‘sdi, yalpi ichki mahsuloti uch baravar, jumladan, so‘nggi 5-6 yil ichida qariyb 55 foizga oshdi”, - dedi u.
Overchukning qo‘shimcha qilishicha, YeOIIda a’zolik sabab Armaniston iqtisodiyoti ham uch baravar o‘sgan.
“Kichik iqtisodiyotlar uchun bu juda katta samara beradi”, - dedi Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari.
Uning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatlarning tashkilotda ishtirok etishi, jumladan, ishtirokchi mamlakatlar bozorlarida ish o‘rinlari va raqobatbardosh ustunliklar yaratishni ham nazarda tutadi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.