Ko‘chmanchilar o‘yinlari: O‘zbekiston kurashchilari medal oldi, ko‘pkarichilar raqiblari aniqlandi

© SputnikKupkari, arxivnoe foto
Kupkari, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.09.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonlik No‘monjon Rajabov VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarida chempion bo‘ldi, Ilosbek Mirzakmatov esa bronza medalini oldi.
TOShKENT, 2 sen — Sputnik. Qirg‘izistonda o‘tayotgan VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlarining dastlabki kunida O‘zbekiston sportchilari oltin va bronza medallarini qo‘lga kiritdi.
"Kabar" axborot agentligi ma’lumotiga ko‘ra, No‘monjon Rajabov 100 kilogrammdan yuqori vazn toifasidagi kurash bahslarida g‘olib bo‘ldi. Cho‘lponota shahrida o‘tkazilgan bellashuvlarda 20 tadan ortiq mamlakat polvonlari qatnashdi.
O‘zbekistonning yana bir vakili Ilosbek Mirzakmatov turkman milliy belbog‘li kurashi — goresh bo‘yicha bronza medalini oldi. Ushbu yo‘nalishda 31 ta mamlakat sportchilari bellashdi.

Musobaqa g‘oliblariga 100 ming qirg‘iz somi (taxminan 1150 dollar) va bronza medal olgan sportchilarga 50 ming qirg‘iz somi miqdorida mukofot berildi.

O‘yinlarning rasmiy saytidagi dasturga ko‘ra, 2-sentabr kuni alish, sumo, arqon tortish, tayak tartish (mas-restling), to‘qqiz qo‘rg‘ool, mangala, ko‘k-bo‘ru va ko‘kpar bo‘yicha bahslar o‘tkazilmoqda.
Qur’a natijasiga ko‘ra, O‘zbekiston ko‘k-bo‘ruda (uloqni tayqozonga tashlash bo‘yicha ot sporti) Qirg‘iziston, Rossiya va AQSh bilan bir guruhdan joy olgan. Ko‘kpar (ko‘pkari) turnirida esa O‘zbekiston vakillari Qirg‘iziston, Afg‘oniston va Mo‘g‘uliston jamoalari bilan bahslashadi.
VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari 6-sentabrga qadar davom etadi. Sport musobaqalarining asosiy qismi Issiqko‘l viloyati, Cho‘lponota shahri va Qirchin darasida o‘tkazilmoqda.
Shavkat Mirziyoyev VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etdi - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2026
Prezident VI Butunjahon ko‘chmanchilar o‘yinlari ochilish marosimida ishtirok etdi
Yangiliklar lentasi
0