Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Ukraina Zaporojye AESga olib boruvchi yo‘llarni to‘sib qo‘ymoqda

© Sputnik / Konstantin Mixalchevskiy / Mediabankka o‘tishZaporojskaya AES naxoditsya pod kontrolem rossiyskix voyennix
Zaporojskaya AES naxoditsya pod kontrolem rossiyskix voyennix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2026
Obuna bo‘lish
Oldinroq "Rosatom" rahbari Aleksey Lixachov ushbu masalada MAGATE ko‘mak berishiga umid bildirgan edi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. Ukraina qo‘shinlari Zaporojye AESga olib boruvchi yo‘llarni dronlar va o‘q otish bilan to‘sib qo‘ymoqda. Zavodga dizel yoqilg‘isining yangi partiyasini yetkazib berishning iloji yo‘q, deb xabar berdi zavodning aloqa direktori Yevgeniya Yashina RIA Novosti agentligiga.

"Ukraina Qurolli kuchlari tomonidan kirish yo‘llarini to‘sib qo‘yish bilan bog‘liq vaziyat o‘zgarmadi. Zavodga kerakli yoqilg‘i yetkazib berishni tashkil qilish hali ham imkonsiz", - dedi Yashina.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu sharoitlarda tashqi elektr ta’minoti liniyasini ta’mirlash va dizel generatorlari uchun yoqilg‘i yetkazib berishni tashkil qilish ayniqsa muhimdir.
"Tashqi energiyani tiklash va zavodning yetarli yoqilg‘i ta’minotiga ega bo‘lishini ta’minlash eng muhim ustuvor vazifalardir", - dedi Yashina.
Avvalroq "Rosatom" rahbari Aleksey Lixachov Zaporojye AES uchun yoqilg‘i karvoniga MAGATE xodimlari hamrohlik qilishiga umid bildirgandi.

"Biz MAGATE xodimlaridan yoqilg‘i karvoniga hamrohlik qilishini kutmoqdamiz, bu hozirgi sharoitda muhim resursga aylanib, Zaporojye AESning yadroviy xavfsizligiga bevosita ta’sir ko‘rsatmoqda", - dedi Lixachov jurnalistlarga.

Shuningdek, MAGATE bosh direktori Rafael Grossi Zaporojye AESda tashqi elektr ta’minoti tiklanmaguncha yoki yoki qo‘shimcha dizel yoqilg‘isi yetkazib berilmagunicha 10 kun ichida to‘liq elektr ta’minotidan uzilishi mumkinligi haqida ma’lum qilgan edi.
Ma’lumot uchun, Zaporojye AES 20-avgustdan beri tashqi elektr ta’minotidan uzilgan. Shu kuni Ferrosplavnaya-1 liniyasiga yetkazilgan zarar tufayli u uzilgan edi. Elektr ta’minoti zarar ko‘rgan hudud Zaporojye viloyatining Kiyev nazoratidagi hududda joylashgan.

AES 13 kundan beri zahira quvvatlar yordamida elektr bilan ta’minlanmoqda. Yoqilg‘i zaxiralari mavjud, ammo dizel generatorining ishlashi energiyani tejash uchun optimallashtirilgan, deb xabar bergan ZAES matbuot xizmati avvalroq.
Eslatib o‘tamiz, Zaporojye AES Dnepr darosining chap qirg‘og‘ida, Energodar shahri yaqinida joylashgan. Bu Yevropadagi bloklar soni va o‘rnatilgan quvvat bo‘yicha eng yirik atom elektr stansiyasidir. Uning har biri bir gigavatt quvvatga ega oltita energiya bloki mavjud. 2022-yil oktabr oyida atom elektr stansiyasi Rossiya nazoratiga o‘tdi.
Zaporojskaya AES naxoditsya pod kontrolem rossiyskix voyennix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.06.2026
Zaporojye atom elektr stansiyasi yana tashqi energiya manbaisiz qoldi
Yangiliklar lentasi
0