ShHT Eronga hujumni qoraladi: Bishkek deklaratsiyasining asosiy bayonotlari

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana DOSALIEV SULTANSammit ShOS v Bishkeke 2026
Sammit ShOS v Bishkeke 2026 - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2026
Obuna bo‘lish
ShHT a’zolari koinotda qurol joylashtirish, AKT sohasini harbiylashtirish, sputnik internetidan litsenziyasiz foydalanish va boshqa qator tahdidlarga qarshi chiqdi.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. ShHT davlat rahbarlari bugun Bishkekda imzolagan "ShHTning 25-yilligi deklaratsiyasi"da Eronga uyushtirilgan hujumni qoraladi.

A’zo davlatlar Yaqin Sharq va Eron atrofidagi voqealar yuzasidan chuqur xavotir bildiradilar. Ular Eron Islom Respublikasi hududiga uyushtirilgan va tinch aholi orasida ko‘plab qurbonlarga olib kelgan va mamlakat iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazgan harbiy hujumlarni yana bir bor qoralaydilar.

Bunday harakatlar xalqaro huquq tamoyillari va normalarini hamda BMT Nizomini buzadi va xalqaro tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikka jiddiy xavf tug‘diradi, deyiladi deklaratsiyada.
Shuningdek, ShHT a’zolari Eron xalqi va hukumatiga Oliy rahbar Sayid Ali Xomenaiyning fojiali o‘limi munosabati bilan samimiy hamdardlik bildirdilar.
A’zo davlatlar Eron Islom Respublikasining suvereniteti va hududiy yaxlitligini qo‘llab-quvvatlashlarini yana bir bor tasdiqlab, mojaroni faqat siyosiy va diplomatik vositalar orqali hal qilishni qo‘llab-quvvatlaydilar.

Bishkek deklaratsiyasining boshqa muhim bayonotlari:

ShHT harbiy-siyosiy blok emas va u boshqa davlatlarga yoki xalqaro tashkilotlarga qarshi qaratilmagan. ShHT ochiqlik, aralashmaslik, tenglik va o‘zaro hurmat asosida faoliyat yuritadi.
A’zo davlatlar, ayniqsa, tinchlik, barqaror rivojlanish va gumanitar hamkorlik manfaatlarida BMT bilan muloqotini yanada mustahkamlashni muhim deb hisoblaydilar.
A’zo davlatlar global boshqaruv tizimini isloh qilish va barcha davlatlar qarorlar qabul qilishda teng ishtirok etishini va uning natijalaridan foyda olishini ta’minlash tarafdori.
A’zo davlatlar Markaziy Osiyo ShHTning yadrosi ekanligini tan olib, mintaqa mamlakatlarining tinchlik va barqaror rivojlanishni mustahkamlashdagi yutuqlarini yuqori baholaydilar.
A’zo davlatlar Ikkinchi Jahon urushi natijalari xotirasini saqlab qolish tarafdori bo‘lishadi va tarixni soxtalashtirishga qarshi chiqadilar.
A’zo davlatlar koinotni har qanday quroldan xoli saqlashni qo‘llab-quvvatlaydilar va kosmosdan faqat tinch maqsadlarda foydalanishni ta’minlaydigan amaldagi huquqiy rejimning muhimligini tan oladilar.
A’zo davlatlar axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini (AKT) militarizatsiya qilishga qat’iyan qarshi.
A’zo davlatlar barcha mamlakatlar uchun internetni tartibga solishda teng huquqlarni va davlatlarning uni o‘z milliy segmentida boshqarishdagi suveren huquqini ta’minlash muhim deb hisoblaydilar.
Ular ShHT a’zo davlatlari hududida vakolatli milliy organlaridan tegishli litsenziya olmasdan ruxsatsiz sun’iy yo‘ldosh internet xizmatlarini taqdim etish — xalqaro telekommunikatsiya qonunchiligini buzish deb hisoblashadi.
A’zo davlatlar internetdan terroristik, separatistik va ekstremistik maqsadlarda foydalanishga qarshi kurashish muhimligini ta’kidlaydilar.
ShHT a’zolari 1968-yil 1-iyuldagi Yadro qurolini tarqatmaslik to‘g‘risidagi shartnomaga a’zo davlatlar shartnoma qoidalariga qat’iy rioya qilishni qo‘llab-quvvatlaydilar.
Atom energiyasini tinch maqsadlarda tadqiq qilish, ishlab chiqarish va ulardan foydalanish — ShHT a’zolarining ajralmas huquqi bo‘lib, bu sohadagi cheklovchi choralar xalqaro huquqqa zid.
A’zo davlatlar Kimoviy va biologik qurollarni ishlab chiqish, ishlab chiqarish, zaxiralash va ulardan foydalanishni taqiqlash to‘g‘risidagi konvensiyaga to‘liq rioya qilishga chaqiradilar.
Bugun Bishkek shahrida ShHTning 25-sammiti bo‘lib o‘tmoqda. ShHT va ShHT+ sammitlarida unda 18 ta davlat rahbarlari va 6 ta xalqaro tashkilot rahbarlari ishtirok etmoqda.
Sammit ShOS v Kirgizii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 01.09.2026
ShHT o‘tgan 25-yil ichida ko‘p qirrali dunyoning ta’sirli markaziga aylandi — Putin
Yangiliklar lentasi
0