TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etmoqda. Qirg‘iziston poytaxtida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Sammitda 17 ta davlat rahbarlari va oltita xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etmoqda. Xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, XXR raisi Si Szinpin, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiin Xurelsux, Togo bosh vaziri Faure Essozimna Gnassingbe, Turkiya prezidenti Rajep Tayyib Erdog‘an va Laos prezidenti Thongloun Sisoulit ishtirok etadi. Vyetnamni vitse-prezident Vo Txi Anx Xuan, Misrni esa bosh vazir o‘rinbosari Husayn Isa taqdim etadi.Xalqaro tashkilotlardan ShHT bosh kotibi Nurlan Yermekbayev, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, MDH bosh kotibi Sergey Lebedev, KXShT bosh kotibi Taalatbek Masadikov, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha konferensiya bosh kotibi Qayrat Saribay ishtirok etadi.
Sammitda 17 ta davlat rahbarlari va oltita xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etmoqda.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekda bo‘lib o‘tayotgan Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT) Davlat rahbarlari kengashi majlisida ishtirok etmoqda.
Qirg‘iziston poytaxtida ShHTga a’zo davlatlar rahbarlari kengashining navbatdagi yig‘ilishi hamda “ShHT plyus” formatidagi uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda.
Sammit Yakunlari bo‘yicha "ShHTning 25-yili: Barqaror tinchlik, rivojlanish va farovonlik uchun birgalikda" mavzusidagi Bishkek deklaratsiyasini qabul qilish rejalashtirilgan.
Sammitda 17 ta davlat rahbarlari va oltita xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etmoqda. Xususan, Rossiya prezidenti Vladimir Putin, XXR raisi Si Szinpin, Hindiston bosh vaziri Narendra Modi, Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko, Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon, Qozog‘iston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev, Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif, Tojikiston prezidenti Emomali Rahmon, Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev, Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan, Mo‘g‘uliston prezidenti Uxnaagiin Xurelsux, Togo bosh vaziri Faure Essozimna Gnassingbe, Turkiya prezidenti Rajep Tayyib Erdog‘an va Laos prezidenti Thongloun Sisoulit ishtirok etadi. Vyetnamni vitse-prezident Vo Txi Anx Xuan, Misrni esa bosh vazir o‘rinbosari Husayn Isa taqdim etadi.
Xalqaro tashkilotlardan ShHT bosh kotibi Nurlan Yermekbayev, BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish, MDH bosh kotibi Sergey Lebedev, KXShT bosh kotibi Taalatbek Masadikov, Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev va Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha konferensiya bosh kotibi Qayrat Saribay ishtirok etadi.
Shanxay hamkorlik tashkiloti
ShHT 2001-yilda tashkil etilgan. Unga Belarus, Hindiston, Eron, Qozog‘iston, Xitoy, Qirg‘iziston, Rossiya, Tojikiston, Pokiston va O‘zbekiston a’zo.
Muloqot bo‘yicha hamkor davlatlar: Ozarbayjon, Armaniston, Bahrayn, Misr, Kambodja, Qatar, Kuvayt, Laos, Maldiv orollari, Myanma, Nepal, BAA, Saudiya Arabistoni, Turkiya va Shri-Lanka.