Sanoat ishlab chiqarish tarkibi qanday o‘zgardi?

Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarish o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,9 foizga oshgan.
TOShKENT, 1 sen — Sputnik. 2026 yil yanvar-iyul oylarida O‘zbekiston korxonalari tomonidan 795,4 trillion so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi, deb xabar qilmoqda Milliy statistika qo‘mitasi.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,9 foizga oshgan.

Tamoqlar kesimida sanoat ishlab chiqarishning 87% qayta ishlash, 6,4% elektr va gaz ta’minoti hamda 6,3% tog‘-kon sanoatlariga to‘g‘ri kelmoqda.
Hududlar kesimida esa, sanoat ishlab chiqarishning 55 % — 3ta hududga to‘g‘ri keladi: Navoiy viloyati (182,7 trln), Toshkent shahri (135 trln) va Toshkent viloyati (124,8 trln).
Sanoat ishlab chiqarishning eng kam miqdori esa — Surxondaryo (15 trln) va Sirdaryo (17,8 trln) viloyatlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasiga (19,6 trln) to‘g‘ri kelmoqda.
Yangiliklar lentasi
0