O‘zbekistonda benzin ishlab chiqarish qariyb 9 foizga oshdi

Obuna bo‘lish
Yetti oyda mamlakatda 731,9 ming tonna avtomobil benzini va 683,4 ming tonna dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarildi.
O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar–iyul oylarida avtomobil benzini ishlab chiqarish hajmi 731,9 ming tonnani tashkil etdi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Ko‘rsatkich 2025-yilning mos davridagi 672,1 ming tonnaga nisbatan 8,9 foizga oshgan. Shu tariqa, yetti oyda avtomobil benzini ishlab chiqarish qariyb 60 ming tonnaga ko‘paydi.
Hisobot davrida 683,4 ming tonna dizel yoqilg‘isi ham ishlab chiqarildi. O‘tgan yilning yanvar–iyul oylarida bu ko‘rsatkich 673,7 ming tonnani tashkil etgan edi. Dizel yoqilg‘isi ishlab chiqarish hajmi bir yilda 1,4 foizga yoki 9,7 ming tonnaga o‘sdi.
Natijada yetti oyda respublikada ishlab chiqarilgan avtomobil benzini va dizel yoqilg‘isining umumiy hajmi 1,4 mln tonnadan oshdi.
Umuman, 2026-yil yanvar–iyul oylarida O‘zbekistonda sanoat ishlab chiqarishi hajmi amaldagi narxlarda 795,4 trln so‘mga yetdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,9 foiz ko‘p.
Yangiliklar lentasi
0