https://oz.sputniknews.uz/20260831/china-qiruvchilar-uzbekistan-60095336.html
Global Times: jangovar sharoitda sinalgan Xitoyning J-10CE qiruvchilari endi O‘zbekistonda
Global Times: jangovar sharoitda sinalgan Xitoyning J-10CE qiruvchilari endi O‘zbekistonda
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston Mudofaa vazirligi ilk bor J-10CE qiruvchilarini ko‘rsatdi. Videoda kamida oltita samolyot ko‘rinadi. Xorijiy manbalar jami 24 ta qiruvchi yetkazilishi mumkinligini yozmoqda. Ular nimalarga qodir?
2026-08-31T12:04+0500
2026-08-31T12:04+0500
2026-08-31T12:20+0500
samolyot
mudofaa vazirligi
qiruvchi
xitoy
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1f/60095153_15:0:1407:783_1920x0_80_0_0_e9e1dbb0166adafd2c4a711234bfcecf.png
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Pokiston harbiy-havo kuchlari jangovar sharoitda qo‘llagan Xitoyning J-10CE qiruvchi samolyotlari endi O‘zbekistonda ham paydo bo‘ldi. Bu haqda Xitoyning "Global Times" davlat nashri xabar berdi.Nashr O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tarqatgan kadrlarni tahlil qilib, ularda J-10CE qiruvchilari aks etganini qayd etdi. Videoda O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlarining tanish belgilari tushirilgan oltita samolyot ko‘rinadi.Xitoylik harbiy ekspert Chjan Szunshening fikricha, namoyish etilgan oltita samolyot bosqichma-bosqich yetkazib berishning birinchi qismi bo‘lishi mumkin. Biroq O‘zbekiston va Xitoy shartnoma qiymati, xarid qilingan qiruvchilarning umumiy soni hamda yetkazib berish muddatlarini rasman ochiqlamagan.Nashr O‘zbekiston J-10CE samolyotlarini tanlagan bo‘lishi mumkinligining to‘rtta asosiy sababini keltirdi.Birinchidan, mamlakat Harbiy-havo kuchlaridagi eskirgan texnikalarni zamonaviy samolyotlar bilan almashtirish zarurati mavjud. Ikkinchidan, J-10CE imkoniyatlari o‘xshash bo‘lgan G‘arb qiruvchilariga nisbatan arzonroq va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari kamroq deb baholanmoqda.Uchinchidan, qiruvchi jangovar sharoit va xalqaro mashg‘ulotlarda sinovdan o‘tgan. Pokiston J-10CE samolyotlarini 2025-yil may oyidagi Hindiston bilan to‘qnashuvlarda qo‘llaganini ma’lum qilgan. To‘rtinchidan, J-10CE O‘zbekistondagi Xitoyda ishlab chiqarilgan boshqa havo hujumidan mudofaa vositalari bilan yagona axborot tizimida ishlashi mumkin.Avvalroq xorijiy nashrlarda O‘zbekiston jami 24 ta J-10CE olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bu raqam hozirgacha rasman tasdiqlanmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260113/prezident-chirchiq-aviatsiya-zavod-tashrif-54780336.html
xitoy
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1f/60095153_355:0:1399:783_1920x0_80_0_0_e664fb49935d80efb27eaa13106320f0.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
samolyot, mudofaa vazirligi, qiruvchi, xitoy, o‘zbekiston, jamiyat
samolyot, mudofaa vazirligi, qiruvchi, xitoy, o‘zbekiston, jamiyat
Global Times: jangovar sharoitda sinalgan Xitoyning J-10CE qiruvchilari endi O‘zbekistonda
12:04 31.08.2026 (yangilandi: 12:20 31.08.2026) Ma’lumotlarga ko‘ra, O‘zbekiston Pokistondan keyin Xitoyning J-10CE qiruvchilarini qabul qilgan ikkinchi xorijiy davlat bo‘ldi.
TOShKENT, 31 avg — Sputnik. Pokiston harbiy-havo kuchlari jangovar sharoitda qo‘llagan Xitoyning J-10CE qiruvchi samolyotlari endi O‘zbekistonda ham paydo bo‘ldi. Bu haqda Xitoyning "Global Times" davlat nashri
xabar berdi.
Nashr O‘zbekiston Mudofaa vazirligi tarqatgan kadrlarni tahlil qilib, ularda J-10CE qiruvchilari aks etganini qayd etdi. Videoda O‘zbekiston Harbiy-havo kuchlarining tanish belgilari tushirilgan oltita samolyot ko‘rinadi.
“Bu O‘zbekiston Pokistondan keyin J-10CE qiruvchilarini xarid qilgan ikkinchi xorijiy davlatga aylanganini tasdiqlaydi va Xitoyning zamonaviy qiruvchi samolyotlari Markaziy Osiyo bozoriga kirib borganini ko‘rsatadi”, — deyiladi xabarda.
Xitoylik harbiy ekspert Chjan Szunshening fikricha, namoyish etilgan oltita samolyot bosqichma-bosqich yetkazib berishning birinchi qismi bo‘lishi mumkin. Biroq O‘zbekiston va Xitoy shartnoma qiymati, xarid qilingan qiruvchilarning umumiy soni hamda yetkazib berish muddatlarini rasman ochiqlamagan.
Nashr O‘zbekiston J-10CE samolyotlarini tanlagan bo‘lishi mumkinligining to‘rtta asosiy sababini keltirdi.
Birinchidan, mamlakat Harbiy-havo kuchlaridagi eskirgan texnikalarni zamonaviy samolyotlar bilan almashtirish zarurati mavjud. Ikkinchidan, J-10CE imkoniyatlari o‘xshash bo‘lgan G‘arb qiruvchilariga nisbatan arzonroq va texnik xizmat ko‘rsatish xarajatlari kamroq deb baholanmoqda.
Uchinchidan, qiruvchi jangovar sharoit va xalqaro mashg‘ulotlarda sinovdan o‘tgan. Pokiston J-10CE samolyotlarini 2025-yil may oyidagi Hindiston bilan to‘qnashuvlarda qo‘llaganini ma’lum qilgan.
To‘rtinchidan, J-10CE O‘zbekistondagi Xitoyda ishlab chiqarilgan boshqa havo hujumidan mudofaa vositalari bilan yagona axborot tizimida ishlashi mumkin.
"Global Times" nashriga ko‘ra, samolyot faol fazalangan antenna panjarasiga ega radar, zamonaviy radioelektron vositalar va uzoq masofadagi nishonlarga zarba berish imkoniyati bilan jihozlangan. U havodagi, yerdagi va dengizdagi nishonlarga qarshi qo‘llanishi mumkin.
Avvalroq xorijiy nashrlarda O‘zbekiston jami 24 ta J-10CE olishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgan edi. Ammo bu raqam hozirgacha rasman tasdiqlanmagan.