Yo‘qolib borayotgan eski Toshkent — poytaxtda Abdumannon Yunusov asarlari namoyish etilmoqda

Obuna bo‘lish
Ekspozitsiyada eski Toshkentning betakror qiyofasi, ma’naviy muhiti va samimiy insonlari aks etgan asarlar bir joyga jamlangan.
Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligi arafasida rassom Abdumannon Yunusovning "Bizning merosimiz" turkumidagi shaxsiy ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda.
Ekspozitsiyadan rassomning sevimli shahri — eski Toshkent, uning tor va salqin ko‘chalari, sokin hovlilari, qadimiy mahallalari hamda samimiy insonlari aks etgan asarlar o‘rin olgan.
Abdumannon Yunusov (1946–2012) ijodida Toshkentning o‘ziga xos qiyofasi va ma’naviy muhiti alohida o‘rin tutadi. Rassom kamer uslubdagi asarlarida shahar hayotining oddiy, ammo samimiy manzaralarini, osoyishtalik, mehr-oqibat va o‘zbekona mehmondo‘stlik muhitini nozik tasvirlagan.
Uning polotnolari eski Toshkentning qiyofasi, odamlari va turmush tarzini saqlab qolgan o‘ziga xos badiiy solnoma sifatida namoyon bo‘ladi.
Abdumannon Yunusov 1967-yilda P. Benkov nomidagi Respublika rassomlik bilim yurtini, 1976-yilda esa A. Ostrovskiy nomidagi Toshkent teatr va rassomlik institutini tamomlagan. Rassomning ijodiy merosi o‘zbek tasviriy san’atida Toshkentning tarixiy qiyofasi va o‘ziga xos muhitini saqlab qolgan muhim manbalardan biri hisoblanadi.
Ko‘rgazmada Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondlari hamda rassom oilasining shaxsiy to‘plamidan saralangan asarlar namoyish etilmoqda. Ular orqali tomoshabin eski Toshkentning nozik va iliq muhitini his etishi, shaharning o‘tmishi, milliy turmush tarzi va tarixiy-madaniy merosiga yana bir bor nazar tashlashi mumkin.

Abdumannon Yunusov asarlari orqali biz nafaqat eski Toshkent manzaralarini, balki uning xotirasi, ruhi va insonlarga xos samimiy muhitini ham his etamiz.

Ko‘rgazma rassomning Toshkentga bo‘lgan mehrini aks ettirgan boy ijodiy merosini keng jamoatchilikka namoyon etadi. U, shuningdek, milliy shahar madaniyati, poytaxtning tarixiy qiyofasi va u bilan bog‘liq xotiralarni asrab-avaylashda muhim ahamiyat kasb etadi.
© Sputnik

Abdumannon Yunusovning "Bizning merosimiz" shaxsiy ko‘rgazmasi

Abdumannon Yunusovning "Bizning merosimiz" shaxsiy ko‘rgazmasi - Sputnik O‘zbekiston
1/15

2/15

3/15

Abdumannon Yunusovning "Bizning merosimiz" shaxsiy ko‘rgazmasie

Abdumannon Yunusovning "Bizning merosimiz" shaxsiy ko‘rgazmasie - Sputnik O‘zbekiston
4/15

5/15

6/15

7/15

8/15

9/15

10/15

11/15

12/15

13/15

14/15

15/15

Yangiliklar lentasi
0