Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35-yilligi bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Novom Tashkente sostoyalas torjestvennaya seremoniya po sluchayu 35-letiya gosudarstvennoy nezavisimosti Respubliki Uzbekistan.
V Novom Tashkente sostoyalas torjestvennaya seremoniya po sluchayu 35-letiya gosudarstvennoy nezavisimosti Respubliki Uzbekistan. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.08.2026
Obuna bo‘lish
Biz bugun kechagidan kuchlimiz, nasib etsa ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz - prezident.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. Juma kuni Yangi Toshkentda O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi. Tadbirda prezident Shavkat Mirziyoyev ishtirok etib, O‘zbekiston xalqini mustaqillikning 35-yilligi bilan tabrikladi.

Aziz xalqimiz, jumladan, muhtaram nuroniylarimiz, shijoatli yoshlarimiz, mo‘’tabar ayollarimizni, yurtimizdagi barcha millat va elat vakillarini, xorijdagi vatandoshlarimizni ushbu ayyom bilan chin yurakdan samimiy tabriklayman, - dedi prezident tabrik so‘zida.

O‘z nutqida davlat rahbari Respublika mustaqillikning 35-yilida erishilgan yutuqlarni ham sanab o‘tdi:
O‘zbekiston dunyoga ochildi, chegara muammolari hal qilinib, qo‘shnilar bilan do‘stlik mustahkamlandi.
️Valyuta, soliq, bojxona va investitsiya siyosatida tub o‘zgarishlar amalga oshirilib, O‘zbekiston iqtisodiyoti erkin davlatlar qatoridan joy oldi.
️YaIM hajmi 160 mlrd dollarga, yillik investitsiyalar 40-50 milliard dollarga yetdi.
️Kambag‘allik darajasi 35 foizdan 4 foizga tushirildi, 650 mingdan ziyod oila uyli-joyli bo‘ldi.
️Maktabgacha ta’lim qamrovi 78 foizga yetkazildi, maktablarda 1,5 million qo‘shimcha o‘quvchi o‘rni yaratildi.
️Oliygohlarda o‘qish uchun qulay sharoitlar kengayishi hisobiga talabalar soni 1,6 mlnga yetdi.
️652 ta yangi tibbiyot muassasasi barpo etildi va xususiy sektorga keng imkoniyat berildi.
️Aholining o‘rtacha umr ko‘rish davomiyligi 66,4 yoshdan (1991) 75,4 yoshga (2025) yetkazildi.
Undan tashqari, Shavkat Mirziyoyev kelgusi o‘n yillik O‘zbekiston uchun milliy yuksalish davri bo‘lishini ta’kidladi va inson qadrini yanada yuksaltiradigan 7 ta milliy dasturni amalga oshirilishini aytib o‘tdi:
1.
Bilim va malakani kelgusi taraqqiyotimizning asosiy kapitaliga aylantirish.
2.
Xalqimizning sog‘lom bo‘lishi va uzoq umr ko‘rishini ta’minlash.
3.
Iqtisodiyotni yuqori texnologiya va mehnat unumdorlik modeliga o‘tkazish.
4.
Suv va tabiatga munosabatni tubdan o‘zgartirish.
5.
Sud mustaqilligini kuchaytirish va qonun ustuvorligini ta’minlash.
6.
Mahallani jamiyat taraqqiyotining asosiy buyurtmachisiga aylantirish.
7.
O‘zbekistonni tinchlik va do‘stlik diyori, bag‘rikeng o‘lka sifatidagi nufuzini har tomonlama yuksaltirish.
Shuningdek davlat rahbari O‘zbekiston bugungi kunda barcha sohalarda yutuqlarga erishganini alohida qayd etdi.
“Biz bugun kechagidan kuchlimiz, nasib etsa ertaga bundan ham kuchli bo‘lamiz. 35-yillik tariximiz bir haqiqatni ko‘rsatdi - xalq va davlat birga harakat qilsa zabt etib bo‘lmaydigan marraning o‘zi yo‘q va uni yenga oladigan kuchning o‘zi yo‘q”, - dedi davlat rahbari tabrik so‘zida.
Bayram tadbiri konsert dasturi bilan davom etdi va mushakbozlik hamda dronlar tomoshasi bilan yakunlandi.
Yangiliklar lentasi
0