Shanxay Hamkorlik Tashkilotining asosiy siri nimada
20:46 29.08.2026 (yangilandi: 22:19 29.08.2026)

© Sputnik / Bolat Shayxinov
Obuna bo‘lish
Bishkekda 1-sentabr kuni bo‘lib o‘tadigan ShHT va ShHT+ sammitlarida 17 davlat rahbarlari va oltita xalqaro tashkilot vakillari ishtirok etadi.
2001 yilda SSSR parchalanib ketganidan so‘ng Xitoy bilan chegara muammolarini ko‘p tomonlama asosda hal qilish zarurati paydo bo‘lgan edi va Shanxay Hamkorlik Tashkiloti (ShHT) tabiiy ravishda paydo bo‘ldi.
Ushbu mintaqaviy tashkilotning tashkil etilishi — ko‘p qutbli dunyo tartibining paydo bo‘lishi sharoitiga juda mos edi. ShHT dastlab Rossiya va Xitoyni Yaxshi qo‘shnichilik, do‘stlik va hamkorlik shartnomasi bilan bog‘lagan. Va keyinchalik Rossiya-Xitoy munosabatlari ko‘p tomonlama Yevroosiyo o‘lchamiga ega bo‘ldi.
"Paks Amerikana" inqirozi
Ikkinchi Jahon urushidan keyin o‘rnatilgan xalqaro tartib g‘arbning “sa’y-harakatlari” tufayli barbod bo‘lganidan so‘ng AQSh o‘z global imperiyasi bilan xalqaro muvozanat tizimni almashtirishga intildi, ammo buni uddalay olmadi.
Genri Kissinjer bir paytlar imperiya xalqaro tizimga muhtoj emas, chunki uning o‘zi xalqaro tizim bo‘lishga intiladi, deb yozgan edi. Jorj Bushning sakkiz yillik prezidentlik davrida Imperiya "xalqaro jamoatchilik manfaatlarini"ning yakkaxon yetkazib beruvchisiga aylanganini va eng muhimi “manfaat” bu — tinchlik va barqarorlik ekanini tushunmagani — halokatli rol o‘ynadi.
O‘tgan davrda imperiya faqat o‘zini boyitish uchun ishladi va neokolonial amaliyotlar tizimi orqali, butun dunyodan “geosiyosiy renta” yig‘ish bilan shug‘ullandi. AQShning muvozanatli federal budjeti so‘nggi bor chorak asr oldin qabul qilingan edi va shundan beri uning YaIMining taxminan 10% dunyoning qolgan qismi tomonidan moliyalashtirilib kelinmoqda. Bu budjet taqchilliga va to‘lov balansi taqchilligi ko‘rinishidagi mablag‘lardir. Ular Amerika iste’molini, jumladan mudofaa xarajatlarini ham moliyalashtirdi.
XVJ va Jahon bankining hech qachon tugallanmagan islohoti, shuningdek, Vashington nizolarini hal qilish organi faoliyatini to‘sib qo‘ygan JST ham — imperiyada adolat va xalqaro huquq ustuvorligi aslida yo‘qligiga ishora qiladi.
Siyosiy tomondan ham hammasi silliq emas. AQSh o‘tgan davrda bir necha urushlarni boshladi (eng so‘nggisi Eron bilan) va ularning hech birida g‘alaba qozona olmadi. Va bugun bir narsani aniq aytish mumkin — tinchlik yo‘q!
Bularning barchasi tufayli, global iqtisodiyotda tobora vazni ortib borayotgan, dastlab qandaydir ma’noda Amerikaga xayrixoh bo‘lgan, Xitoy va Hindiston kabi davlatlar ham imperiyaga shubha bilan qaray boshladi.
G‘arbning yuz yillik hukmronlik nazariyalari
O‘tgan asr boshlarida britaniyalik faylasuf Xelford Makkinder "Xartlend" nazariyasini e’lon qilgan edi. Uning fikriga ko‘ra, kelajakda Atlantika va dengiz davlatlari zaiflashib boradi, Yevroosiyo qit’asi markazidagi hudud (xartlend) esa o‘z tabiiy boyliklari va dengiz hujumlaridan himoyalangani tufayli - dunyo rivojlanish markaziga aylanadi.
“Xartlend”ning kuchayishi Rossiyada 1917-yilgi inqilobidan so‘ng boshlandi. Osiyo davlatlari uyg‘onishiga va G‘arb kolonizatsiyasidan qutulishiga olib keldi. Xitoy, Hindiston, Koreya, Vyetnam kabi davlatlar o‘z suverenitetini e’lon qildi.
1940 yillarda amerikalik siyosatchi Nikolas Spaykmen “Rimlend” nazariyasi bilan chiqdi. Unga ko‘ra “Xartlend” ustidan nazorat o‘rnatish uchun uni o‘rab olgan, dengizga chiqish imkoniyati bo‘lgan hududlar ustidan nazorat o‘rnatish zarur edi.

Ushbu nazariyaga amal qilish 20-asrdagi G‘arb siyosatida yaqqol kuzatildi, bu hatto bir necha yirik urushlarga ham olib keldi. Bu borada so‘nggi tashabbuslardan biri “AUKUS” bo‘ldi.
Ammo Yevroosiyo davlatlari ham rivojlanishda davom etib "rimlend" halqasini yorib chiqa boshladi.
O‘n yil oldin, AQShning sobiq mudofaa vaziri Robert Geyts Xitoyning o‘z qirg‘oqlari bo‘ylab o‘rta masofali raketalarni joylashtirishi Amerika aviatashuvchilarining Tinch okeani orollari zanjiridan tashqariga chiqib ketishiga olib kelishini va zarur bo‘lganda Tayvanni himoya qila olmasligini ta’kidlagan edi.
Yaqinda Xitoyning Tayvan shimolida "maxsus dengiz operatsiyasi" o‘tkazishi — AQSh ma’muriyati tomonidan yaratilgan Xitoyga qarshi koalitsiya uchun, tom ma’noda, sinov bo‘ldi.
Yaqin Sharqda ham Vashingtonnng o‘nlab harbiy bazalari, bir necha aviatashuvchilar guruhidan iborat dengiz floti — uning hududni nazorat qilishini kafolatlay olmadi. AQSh-Eron to‘qnashuvi "halqani" chil-parchin qildi.
Suveren Yevrosiyoning geosiyosiy chegaralari paydo bo‘la boshladi:

G‘arbdan — Rossiya (Ukrainada), Fors ko‘rfazida kuchayib borrayotgan Eron va unga yaqinda qo‘shilgan Turkiya, Misr, Pokiston va arab davlatlari, Janubi-Sharqda —Xitoy, Sharqda – KXDR va Rossiya NATO va YeIning jamoaviy bosimiga muvaffaqiyatli qarshilik ko‘rsatmoqda.
G‘arb esa “rimlend” ustidan nazoratni yo‘qotmoqda. Bu esa, mohiyatan, G‘arb geosiyosatining Yevrosiyoga nisbatan jismoniy tugashini ta’minlaydi.
ShHT tarixi va asoslari
ShHTning paydo bo‘lishi va uning evolyutsiyasi — yangi shakllanayotgan suveren Yevrosiyoning tashkiliy va mafkuraviy asosi sifatida qabul qilinmoqda. ShHT ushbu hududda yashovchi xalqlar va sivilizatsiyalar, jumladan, Rossiya, Xitoy, Hindiston, Eron va arab-islom sivilizatsiyalariga tegishli bo‘lib, bu, shubhasiz, kollektiv G‘arb sivilizatsiyasiga, jumladan, texnologik jihatdan ham chaqiriq yo‘llaydi.
ShHT 2001-yil 15-iyunda Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston va O‘zbekiston rahbarlari tomonidan 1996 va 1997-yillarda harbiy ishonchni mustahkamlash va umumiy chegara hududida qurolli kuchlarni o‘zaro qisqartirish to‘g‘risida imzolangan shartnomalar asosida tashkil etilgan.
Bir yil o‘tgach, tashkilotning maqsadlari va tamoyillarini belgilovchi ShHT Xartiyasi qabul qilindi:

o‘zaro ishonch va yaxshi qo‘shnichilikni mustahkamlash;
siyosiy, savdo-iqtisodiy, ilmiy-texnikaviy, madaniy, ta’lim, energetika, transport, ekologik va boshqa sohalarda samarali hamkorlikni rivojlantirish;
mintaqada tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni birgalikda ta’minlash va saqlash;
demokratik, adolatli va oqilona xalqaro siyosiy va iqtisodiy tartibni yaratishga ko‘maklashish.
Asosiy tamoyillar barcha ishtirokchilarning tengligi, konsensus asosida qaror qabul qilish, boshqa davlatlar va xalqaro tashkilotlarni nishonga olmaslik va o‘zaro tushunish va bir-birining fikrlarini hurmat qilishga asoslangan umumiy qarashlarni izlashni o‘z ichiga oladi.
Boshqacha qilib aytganda, bular BMT Nizomining asosiy tamoyillaridir.
Ayni damda ShHT hududi G‘arbiy va Sharqiy Yevropa hamda Uzoq Sharq va Janubi-Sharqiy Osiyoni (orol davlatlari bundan mustasno), deyarli butun Yevroosiyo qit’asini qamrab olgan.
ShHT bu — ishlaydigan BMT
Shunisi e’tiborga loyiqki, bugungi kunda dunyo miqyosida BMT Nizomi va xalqaro huquqning umume’tirof etilgan normalarining muntazam buzilishi, global savdo tizimining yo‘q qilinishi, noqonuniy sanksiyalar va boshqa cheklov choralarning kengayishi kuzatilmoqda.
ShHTDa esa — savdo, iqtisodiyot, moliya va investitsiya sohalarida amaliy hamkorlik chuqurlashmoqda. To‘lov, hisob-kitob va kredit reytinglarni o‘zaro tan olish, tovar birjasi va bozorlar ishlashini tartibga solish, moliya sektori, raqamlashtirish va axborot xavfsizligi sohalarida hamkorlik rivojlanmoqda.
Transkontinental transport yo‘laklari, logistika, ta’minot zanjirlari, investitsiya oqimlari, tovarlar, xizmatlar va texnologiyalarning samarali ishlashini ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.
Shunday qilib, G‘arb “qurol” sifatida ishlatishi natijasida vayron bo‘layotgan global arxitektura — ShHT doirasida qayta tashkil etilmoqda.
A’zo davlatlar allaqachon o‘zaro savdoning 97 foizi milliy valyutalarda amalga oshirmoqda. Tashkilotning Taraqqiyot banki, Taraqqiyot jamg‘armasi (maxsus hisob) va ShHT innovatsiya jamg‘armasi tashkil etilmoqda.
G‘arbning global boshqaruv tizimining qisqarib va parchalanishi bilan bir vaqtda ShHT doirasida hamkorlik kengayib va chuqurlashib boradi.
ShHT rivojlanish jarayoni nafaqat milliy xavfsizlik masalalariga, balki iqtisodiy rivojlanish, energetika, texnologiyalar, oziq-ovqat, kognitiv va boshqa xavfsizlik tushunchalariga ham asoslanishi kerak.

Shunga ko‘ra, ShHT tashkiliy usullar G‘arbnikidan tubdan farq qiladi: konsensus, manfaatlarga asoslangan ochiq ittifoqlar, hech kimga qarshi emas, balki bir maqsad uchun tarmoq diplomatiyasi.
Shu bilan birga, mintaqaviy muammolarga mintaqaviy yechimlarni izlash uchun, jumladan, ShHTdan tashqarida ham, mintaqaviy kuchlarning aralashuvini istisno qiladigan formatlar yaratilmoqda.
Bu Hindistonning Xitoy va Pokiston bilan munosabatlaridagi muammolar, Afg‘onistondagi vaziyat yoki Janubiy Xitoy dengizidagi orollarga egalik qilish bo‘yicha nizolar borasida.
Bu Hindistonning Xitoy va Pokiston bilan munosabatlaridagi muammolar, Afg‘onistondagi vaziyat yoki Janubiy Xitoy dengizidagi orollarga egalik qilish bo‘yicha nizolar borasida.
Shunday qilib, ShHT tamoyillari va ruhi hamda ASEAN muloqot madaniyati ustunlik qiladigan Sharqiy Osiyo mintaqasi Yevropa, G‘arbiy yarim shar, Afrika va Yaqin Sharqdagi voqealar fonida "barqarorlik oroli"ga aylanmoqda.
Bu G‘arbning "global kuch" sifatidagi rolining sezilarli darajada pasayishini namoyish qilmoqda. Bugun buni Ukrainadagi maxsus operatsiyaning muvaffaqiyatli rivojlanishi va Eronning AQSh va Isroil tajovuziga muvaffaqiyatli qarshi turishi tasdiqlaydi.