Rossiya zarbasidan so‘ng Kiyev viloyatida portlashlar tonggacha davom etdi
12:11 29.08.2026 (yangilandi: 12:13 29.08.2026)

© Ministerstvo oboroni RF
/ Obuna bo‘lish
Harbiy omborxonalar portlashi oqibatida ko‘plab mahalliy aholi evakuatsiya qilingan, uylarga zarar yetgan.
TOShKENT, 29 avg — Sputnik. O‘tgan tunda Rossiya Qurolli kuchlari Kiyev viloyatida Ukraina Mudofaa vazirligining transport va logistika markazlariga guruhli zarba berdi, deb xabar qildi Mudofaa vazirligi.
Uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar bilan Kiyev va Kiyev viloyatidagi bir necha nishonlarga zarba berilgan:
Uzoq masofali aniq nishonga oluvchi qurollar bilan Kiyev va Kiyev viloyatidagi bir necha nishonlarga zarba berilgan:
Chayki shahridagi "FIM Servis" transport va logistika markaziga, uning omborlari "Flamingo" uzoq masofali raketalari uchun komponentlarni saqlash uchun ishlatilgan;
Kalinovkadagi logistika markaziga, G‘arb mamlakatlaridan kelgan harbiy yuklarni taqsimlashni amalga oshiradigan bojxona terminaliga;
Milaya qishlog‘idagi "Fayr Point" MJChning o‘q-dorilar omboriga. U yerda uzoq masofali uchuvchisiz apparatlari uchun komponentlar saqlangan.
Bundan tashqari o‘tgan tunda Rossiya Qurolli kuchlari Izmail portida, UQKning yoqilg‘i-moylash materiallari tushirish joylariga, Nikolayev portida dengiz yuk tashish terminali, harbiy yuklarni tushirish va saqlash uchun ishlatiladigan logistika markazlari, harbiy texnika uchun 18 ta omborxonaga zarbarlar berildi.
Kiyev yaqinida harbiy yuklar saqlanadigan "omborxonalar"da yong‘in va portlashlar tongga qadar davom etdi. Kiyev-Chop yo‘lining bir qismi yopildi. Bu haqida mahalliy pabliklarda ko‘plab foto va videolar joylashtirildi.
Kiyev yaqinida harbiy yuklar saqlanadigan "omborxonalar"da yong‘in va portlashlar tongga qadar davom etdi. Kiyev-Chop yo‘lining bir qismi yopildi. Bu haqida mahalliy pabliklarda ko‘plab foto va videolar joylashtirildi.
"Kuchli portlash, ko‘plab snaradlar havoga uchib, yuzlab metrga tarqaldi. O‘nlab uylar shikastlangan. Maydon juda katta", - deyiladi xabarda.
Bucha tumanidagi harbiy zavod hududiga berilgan zarbadan so‘ng, ikkinchi darajali portlash boshlandi va tonggacha davom etdi. Yaqin atrofdagi fuqaro uylarining ko‘pi shikastlangan, mahalliy aholi evakuatsiya qilinmoqda.
Ukraina Bosh prokuraturasi Milaya qishlog‘idagi zavod hududida dron zarbasi natijasida katta yong‘in va portlash sodir bo‘lganini ma’lum qildi. Xabar qilinishicha, "portlovchi buyumlar va materiallarni joylashtirish va saqlashning qonuniyligi" tekshiriladi.
Ukraina bosh vaziri Sergey Koreskiy Kiyev viloyatidagi yangi portlashlar haqida izoh berar ekan "Vishnevodagi vaziyat saboq bermadi. Bu jinoiy beparvolik" dedi.
Eslatib o‘tamiz, Iyul oyida Kiyev viloyatidagi Vishnevo aholi punktida joylashgan Ukraina raketalari va boshqa o‘q-dorilar saqlangan omborxonaga berilgan zarbadan so‘ng, kuchli yong‘in va ikkinchi darajali portlashlar sodir bo‘lgan edi. Buning oqibatida atrofda ko‘plab uylar shikastlangan, aholi evakuatsiya qilingan edi. Keyinchalik Zelenskiy portlagan harbiy ombor turar-joy hududiga juda yaqin joylashganligini tasdiqladi va "Ukroboronprom" bosh direktori iste’foga chiqqan edi.
