https://oz.sputniknews.uz/20260828/qirgiziston-ozbekiston-60033669.html
Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘zaro savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘zaro savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Sputnik O‘zbekiston
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri ikki mamlakat to‘lov tizimlari o‘rtasida yagona to‘lov ekotizimi yaratilayotganini ma’lum qildi. 28.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-28T16:17+0500
2026-08-28T16:17+0500
2026-08-28T16:17+0500
iqtisod
o‘zbekiston
qirg‘iziston
savdo
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/08/56768133_0:132:2528:1554_1920x0_80_0_0_c47ba9b94e9d15ef2177b33a3a97a761.png
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘zaro savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirgan. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev ma’lum qildi.Kulubayevning so‘zlariga ko‘ra, investitsiya va iqtisodiyot sohasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish uchun ikki mamlakat o‘rtasida ulkan salohiyat mavjud. 28-iyul kuni bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston–O‘zbekiston biznes forumi doirasida qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha 16 ta hujjat imzolandi.Raqamli transformatsiya sohasida ham allaqachon aniq natijalar mavjud. Raqamli identifikatsiya va elektron hujjat aylanishi tizimini o‘z ichiga olgan qo‘shma loyihalar joriy etilmoqda. Ikki mamlakat to‘lov tizimlari o‘rtasida yagona to‘lov ekotizimi yaratilmoqda.Vazir O‘zbek–qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasining muvaffaqiyatli faoliyatini ham alohida ta’kidladi. Bugungi kunga qadar umumiy qiymati 100 mln dollardan ortiq bo‘lgan 37 ta loyiha ma’qullangan. Amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida qariyb 900 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Jamg‘arma to‘qimachilik sanoati, energetika, logistika, ishlab chiqarish, kommunal infratuzilma va jamoat transportini yangilash sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda.Sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishidagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlari ham tobora yuksalmoqda. Erkin iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Tomonlar turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldi. O‘zbekiston kompaniyalari Qirg‘izistonda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, qishloq xo‘jaligida qo‘shma klasterlar tashkil etishni rejalashtirmoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260730/mirziyoev-kyrgyzstan-tashrif-59385666.html
o‘zbekiston
qirg‘iziston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/04/08/56768133_140:0:2388:1686_1920x0_80_0_0_2050baae910544b78d8179600c7cbb72.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
iqtisod, o‘zbekiston, qirg‘iziston, savdo
iqtisod, o‘zbekiston, qirg‘iziston, savdo
Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘zaro savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga yetkazmoqchi
Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri ikki mamlakat to‘lov tizimlari o‘rtasida yagona to‘lov ekotizimi yaratilayotganini ma’lum qildi.
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Qirg‘iziston va O‘zbekiston o‘zaro savdo aylanmasini 3 mlrd dollarga yetkazishni rejalashtirgan. Bu haqda Qirg‘iziston tashqi ishlar vaziri Jeenbek Kulubayev ma’lum qildi.
“Yil boshidan buyon o‘zaro savdo hajmi 45 foizga o‘sib, 624,6 million dollarga yetdi. Biz tovar aylanmasini 3 mlrd dollargacha oshirishni maqsad qilganmiz”, - dedi u “Dunyo” AAga bergan intervyusida.
Kulubayevning so‘zlariga ko‘ra, investitsiya va iqtisodiyot sohasida sanoat kooperatsiyasini kengaytirish uchun ikki mamlakat o‘rtasida ulkan salohiyat mavjud. 2
8 iyul kuni bo‘lib o‘tgan Qirg‘iziston–O‘zbekiston biznes forumi doirasida qo‘shma loyihalar va savdo shartnomalarini amalga oshirish bo‘yicha 16 ta hujjat imzolandi.
Raqamli transformatsiya sohasida ham allaqachon aniq natijalar mavjud. Raqamli identifikatsiya va elektron hujjat aylanishi tizimini o‘z ichiga olgan qo‘shma loyihalar joriy etilmoqda. Ikki mamlakat to‘lov tizimlari o‘rtasida yagona to‘lov ekotizimi yaratilmoqda.
Vazir O‘zbek–qirg‘iz taraqqiyot jamg‘armasining muvaffaqiyatli faoliyatini ham alohida ta’kidladi. Bugungi kunga qadar umumiy qiymati 100 mln dollardan ortiq bo‘lgan 37 ta loyiha ma’qullangan. Amalga oshirilayotgan loyihalar doirasida qariyb 900 ta yangi ish o‘rni yaratildi. Jamg‘arma to‘qimachilik sanoati, energetika, logistika, ishlab chiqarish, kommunal infratuzilma va jamoat transportini yangilash sohalaridagi loyihalarni qo‘llab-quvvatlamoqda.
Sanoat kooperatsiyasi yo‘nalishidagi O‘zbekiston va Qirg‘iziston munosabatlari ham tobora yuksalmoqda. Erkin iqtisodiy va sanoat zonalarini rivojlantirish sohasida hamkorlik to‘g‘risida memorandum imzolandi. Tomonlar turli xil mahsulotlar ishlab chiqarish sohasida qo‘shma investitsiya loyihalarini amalga oshirishga kelishib oldi. O‘zbekiston kompaniyalari Qirg‘izistonda geologiya-qidiruv ishlarini olib borish, qishloq xo‘jaligida qo‘shma klasterlar tashkil etishni rejalashtirmoqda.