https://oz.sputniknews.uz/20260828/mirziyoev-60026811.html
Mirziyoyev: tinch osmon ostida erkin va farovon yashash – bebaho boylik
Mirziyoyev: tinch osmon ostida erkin va farovon yashash – bebaho boylik
Sputnik O‘zbekiston
Prezident o‘ttiz besh yildan buyon mamlakat hech kimga qaram bo‘lmasdan ozod yashab kelayotganini urg‘uladi. 28.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-28T12:25+0500
2026-08-28T12:25+0500
2026-08-28T12:25+0500
siyosat
shavkat mirziyoyev
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1c/60022124_0:266:2560:1706_1920x0_80_0_0_817e311de16fdf23a28d0f9febc9b320.jpg
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tinch osmon ostida erkin va farovon yashash bebaho boylik ekanini ma’lum qildi.Davlat rahbari Mustaqillik bayrami arafasida "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi.Prezident fidoyi ajdodlarning qahramonligi hech qachon unutilmasligi, ularning jasorati o‘zbek xalqi uchun hamisha ma’naviy kuch manbai bo‘lib qolishini ta’kidladi.Ma’lum qilinishicha, keyingi yillarda qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish va tarixiy adolatni tiklash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shahidlar xotirasi xiyobonidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi to‘liq rekonstruksiya qilinib, ekspozitsiyasi boyitildi, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Raqamli tizimlar va sun’iy intellekt yordamida ko‘rgazmalarning ta’sirchanligi oshirildi.Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda tashkil etilgan qatag‘on qurbonlari muzeylari ham zamon talablari asosida jihozlandi. Ularning fondlari dunyoning turli nuqtalaridan keltirilgan noyob hujjatlar va fotosuratlar bilan boyitilmoqda.2021-2025 yillarda O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan qatag‘on qurboni bo‘lgan 1 ming 200 nafardan ziyod o‘zbekistonlik oqlandi. Joriy yilda yana 161 kishi oqlandi.
https://oz.sputniknews.uz/20251106/qatagon-qurbonlar-dastur-53269612.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1c/60022124_351:360:2146:1706_1920x0_80_0_0_22428a317e03df4d0862ec1d6c3559f7.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston
siyosat, shavkat mirziyoyev, o‘zbekiston
Mirziyoyev: tinch osmon ostida erkin va farovon yashash – bebaho boylik
Prezident o‘ttiz besh yildan buyon mamlakat hech kimga qaram bo‘lmasdan ozod yashab kelayotganini urg‘uladi.
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tinch osmon ostida erkin va farovon yashash bebaho boylik ekanini
ma’lum qildi. Davlat rahbari Mustaqillik bayrami arafasida "Shahidlar xotirasi" yodgorlik majmuasida qatag‘on qurbonlarini yod etish marosimida ishtirok etdi.
“Shu kunlarda el-yurtimiz bilan birgalikda mustaqilligimizning 35-yilligini katta xursandchilik bilan kutib olyapmiz. O‘ttiz besh yildan buyon hech kimga qaram bo‘lmasdan, mana shunday tinch va tiniq osmon ostida erkin va farovon yashayapmiz. Bu – katta baxt, bebaho boylik. Shunday ulug‘ kunlarda istiqlol va ozodlik yo‘lida halok bo‘lgan qahramon ajdodlarimizni eslash, ularning xotirasiga hurmat bajo keltirish – muqaddas burchimiz”, - dedi Mirziyoyev.
Prezident fidoyi ajdodlarning qahramonligi hech qachon unutilmasligi, ularning jasorati o‘zbek xalqi uchun hamisha ma’naviy kuch manbai bo‘lib qolishini ta’kidladi.
Ma’lum qilinishicha, keyingi yillarda qatag‘on qurbonlari xotirasini abadiylashtirish va tarixiy adolatni tiklash borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Shahidlar xotirasi xiyobonidagi Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi to‘liq rekonstruksiya qilinib, ekspozitsiyasi boyitildi, zamonaviy texnologiyalar bilan jihozlandi. Raqamli tizimlar va sun’iy intellekt yordamida ko‘rgazmalarning ta’sirchanligi oshirildi.
Qoraqalpog‘iston Respublikasi va barcha viloyatlarda tashkil etilgan qatag‘on qurbonlari muzeylari ham zamon talablari asosida jihozlandi. Ularning fondlari dunyoning turli nuqtalaridan keltirilgan noyob hujjatlar va fotosuratlar bilan boyitilmoqda.
2021-2025 yillarda O‘zbekiston Oliy sudi tomonidan qatag‘on qurboni bo‘lgan 1 ming 200 nafardan ziyod o‘zbekistonlik oqlandi. Joriy yilda yana 161 kishi oqlandi.