Markaziy bank Mustaqillikning 35-yilligiga yangi tangalarni muomalaga chiqardi
17:01 28.08.2026 (yangilandi: 18:05 28.08.2026)

© Sentralniy bank Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Bu 999,9 soflikdagi oltin va kumushdan tayyorlangan, og‘irligi 31,1 gramm va nominali 100 ming so‘m bo‘lgan uch xil dizayndagi tangalardir.
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Markaziy bank O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan esdalik oltin va kumush tangalar to‘plamini muomalaga chiqardi. Sotuvlar 27-avgust kuni tijorat banklarining 690 ta filialida boshlandi, deb xabar berdi regulyator matbuot xizmati.
To‘plam milliy davlatchilik, tarixiy meros, milliy qadriyatlar va O‘zbekistonning zamonaviy taraqqiyotiga bag‘ishlangan umumiy badiiy konsepsiya bilan birlashtirilgan uchta tangadan iborat.
Birinchi tangada Mustaqillik monumenti — ozodlik, milliy g‘urur va mustaqil davlatchilik ramzi sifatida tasvirlangan. Monument ortidagi quyosh nurlari mustaqillik tufayli ochilgan imkoniyatlar va porloq kelajakni ifodalaydi.
Tanganing orqa tomonida O‘zbekiston davlat bayrog‘i va uning qabul qilingan sanasi — 1991-yil 18-noyabr joylashtirilgan.

1/3
© Sentralniy bank Uzbekistana
V Uzbekistane vipustili pamatnie moneti k 35-letiyu nezavisimosti

2/3
© Sentralniy bank Uzbekistana
V Uzbekistane vipustili pamatnie moneti k 35-letiyu nezavisimosti

3/3

Ikkinchi tanga mamlakatning tarixiy va ma’naviy merosiga bag‘ishlangan. Old tomonida Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazi tasvirlangan bo‘lib, MB tavsifiga ko‘ra, u O‘zbekistonning jahon ilm-fani, ma’naviyati va islom sivilizatsiyasi rivojiga qo‘shgan hissasini ifodalaydi.
Orqa tomonida O‘zbekiston davlat gerbi va uning qabul qilingan sanasi — 1992-yil 2-iyul joylashtirilgan.
Uchinchi tanganing asosiy elementi "35" raqami bo‘ldi. Tanganing orqa tomonida davlat madhiyasidan "Olamni mahliyo aylagan diyor!" satri, shuningdek, madhiya qabul qilingan sana — 1992-yil 10-dekabr keltirilgan. Bezakda o‘zbek do‘ppisi naqshlaridan ham foydalanilgan.

1/3
© Sentralniy bank Uzbekistana
V Uzbekistane vipustili pamatnie moneti k 35-letiyu nezavisimosti.

2/3
© Sentralniy bank Uzbekistana
V Uzbekistane vipustili pamatnie moneti k 35-letiyu nezavisimosti

3/3
© Sentralniy bank Uzbekistana
V Uzbekistane vipustili pamatnie moneti k 35-letiyu nezavisimosti
1/3
© Sentralniy bank Uzbekistana
V Uzbekistane vipustili pamatnie moneti k 35-letiyu nezavisimosti.
2/3
© Sentralniy bank Uzbekistana
V Uzbekistane vipustili pamatnie moneti k 35-letiyu nezavisimosti
3/3
© Sentralniy bank Uzbekistana
V Uzbekistane vipustili pamatnie moneti k 35-letiyu nezavisimosti
Esdalik tangalari 999,9 soflikdagi oltin va kumushdan zarb etilgan. Har bir tanganing vazni 31,1 grammni, nominal qiymati esa 100 ming so‘mni tashkil etadi.
Tangalarni uchtadan iborat to‘plam shaklida ham, alohida-alohida ham xarid qilish mumkin.
Esdalik oltin tangalarining boshlang‘ich adadi 450 donani, kumush tangalarniki esa 800 donani tashkil etadi. Markaziy bank bozor talabidan kelib chiqib, adad ko‘paytirilishi mumkinligini aniqlashtirdi.
Sotuv narxlari va banklardagi mavjudlik bo‘yicha yangilangan ma’lumotlar Markaziy bankning rasmiy veb-sayti har kuni e’lon qilib boriladi.