TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) dunyoning ko‘plab mamlakatlari, jumladan, Xitoy va ASEAN davlatlari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk.Uning so‘zlariga ko‘ra, bu YeOIIning Yevroosiyoning tinch rivojlanishiga intilishini ifodalaydi.“Bularning barchasi Yevroosiyoda odamlarning hayoti haqiqatan ham sifatli va farovon bo‘lishiga intilayotganimizni ko‘rsatadi. Albatta, Rossiyada ham shunday", - deya xulosa qildi Overchuk.
Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari bunga BMT, ASEANga a’zo davlatlar, Xitoy va Hindistonni misol qilib keltirdi.
TOShKENT, 28 avg – Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) dunyoning ko‘plab mamlakatlari, jumladan, Xitoy va ASEAN davlatlari orasida katta qiziqish uyg‘otmoqda. Bu haqda Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Aleksey Overchuk.
“YeOII dunyoda mutlaqo yangicha qabul qilina boshladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti tomonidan ham qiziqish bildirilayotganini ko‘rapmiz. ASEANga a’zo davlatlar tomonidan ham qiziqish bildirilayotganini ko‘rapmiz. Xitoy Xalq Respublikasi tomonidan ham qiziqish bildirilayotganini ko‘rapmiz. Hindiston bilan muzokaralar olib borapmiz. Janubi-Sharqiy Osiyoning eng yirik iqtisodiyoti bo‘lgan Indoneziya bilan kelishuv imzoladik”, - dedi Overchuk “Rossiya” milliy markazida bo‘lib o‘tgan tadbirda.
Uning so‘zlariga ko‘ra, bu YeOIIning Yevroosiyoning tinch rivojlanishiga intilishini ifodalaydi.
“Bularning barchasi Yevroosiyoda odamlarning hayoti haqiqatan ham sifatli va farovon bo‘lishiga intilayotganimizni ko‘rsatadi. Albatta, Rossiyada ham shunday", - deya xulosa qildi Overchuk.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.