https://oz.sputniknews.uz/20260827/uzbekistan-qatar-toqimachilik-fabrika-60009080.html
O‘zbekiston texnologiyalari asosida Qatarda to‘qimachilik fabrikasi qurilishi mumkin
O‘zbekiston texnologiyalari asosida Qatarda to‘qimachilik fabrikasi qurilishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Qatarda O‘zbekiston bilan hamkorlikda to‘qimachilik va gazlama ishlab chiqarish fabrikasi qurish taklif etildi. Qatar Savdo palatasi loyihaning texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash zarurligini bildirdi.
2026-08-27T17:56+0500
2026-08-27T17:56+0500
2026-08-27T17:56+0500
qatar
to‘qimachilik
elchi
hamkorlik
iqtisod
korxona
uchrashuv
tadbirkor
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1b/60008880_0:0:1673:941_1920x0_80_0_0_eedaa9ffabf8b7e3f9f7934335c85f70.png
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Qatarda O‘zbekiston bilan hamkorlikda to‘qimachilik va gazlama ishlab chiqarish fabrikasi qurish taklif etildi. Bu haqda Qatar Savdo palatasi matbuot xizmati xabar berdi.Tashabbusni O‘zbekistonning Qatardagi elchisi Ashraf Xo‘jayev Lusail shahrida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda taqdim etdi.Elchi qo‘shma korxona Qatarning to‘qimachilik va gazlama ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylanishiga xizmat qilishi mumkinligini ta’kidladi.Qatar Savdo palatasi boshqaruvi a’zosi Muhammad bin Javhar al-Muhammad tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, fabrika loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash muhimligini bildirdi.Uchrashuvda O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va mamlakatning to‘qimachilik sohasida faoliyat yurituvchi 14 ta yetakchi kompaniyasi vakillari qatnashdi.Agentlikning loyihalar ofisi direktori Oybek Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, yengil sanoat O‘zbekiston iqtisodiyotining qariyb 10 foizini tashkil etadi. Sohada 10 mingga yaqin korxona faoliyat yuritadi, ularning mahsulotlari 87 ta davlatga eksport qilinadi.O‘zbekiston ayni paytda Afrika va Fors ko‘rfazi mamlakatlari bozorlarida ishtirokini kengaytirishga e’tibor qaratmoqda.Hozircha fabrikaning quvvati, qiymati, qurilish muddati va loyihada ishtirok etadigan kompaniyalar ma’lum qilinmagan.
https://oz.sputniknews.uz/20260622/uzbekistan-katar-loyihalar-boshlash-58498871.html
qatar
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1b/60008880_75:0:1330:941_1920x0_80_0_0_3a0ab52c0b2e7e250e3191c000b0f6b4.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
qatar, to‘qimachilik, elchi, hamkorlik, iqtisod, korxona, uchrashuv, tadbirkor, o‘zbekiston
qatar, to‘qimachilik, elchi, hamkorlik, iqtisod, korxona, uchrashuv, tadbirkor, o‘zbekiston
O‘zbekiston texnologiyalari asosida Qatarda to‘qimachilik fabrikasi qurilishi mumkin
Qo‘shma loyiha Qatarni to‘qimachilik va gazlama ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy hamda jahon markaziga aylantirishi mumkinligi aytildi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Qatarda O‘zbekiston bilan hamkorlikda to‘qimachilik va gazlama ishlab chiqarish fabrikasi qurish taklif etildi. Bu haqda Qatar Savdo palatasi matbuot xizmati
xabar berdi.
Tashabbusni O‘zbekistonning Qatardagi elchisi Ashraf Xo‘jayev Lusail shahrida ikki mamlakat ishbilarmon doiralari ishtirokida o‘tkazilgan uchrashuvda taqdim etdi.
Loyiha O‘zbekistonning to‘qimachilik sohasidagi tajribasi va texnologiyalaridan, shuningdek, Qatardagi xom ashyo, investitsiya muhiti hamda imtiyozlardan foydalanishni nazarda tutadi.
Elchi qo‘shma korxona Qatarning to‘qimachilik va gazlama ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylanishiga xizmat qilishi mumkinligini ta’kidladi.
Qatar Savdo palatasi boshqaruvi a’zosi Muhammad bin Javhar al-Muhammad tashabbusni qo‘llab-quvvatlab, fabrika loyihasining texnik-iqtisodiy asosini tayyorlash muhimligini bildirdi.
Uchrashuvda O‘zbekiston Yengil sanoatni rivojlantirish agentligi va mamlakatning to‘qimachilik sohasida faoliyat yurituvchi 14 ta yetakchi kompaniyasi vakillari qatnashdi.
Agentlikning loyihalar ofisi direktori Oybek Xo‘jayevning ma’lum qilishicha, yengil sanoat O‘zbekiston iqtisodiyotining qariyb 10 foizini tashkil etadi. Sohada 10 mingga yaqin korxona faoliyat yuritadi, ularning mahsulotlari 87 ta davlatga eksport qilinadi.
O‘zbekiston ayni paytda Afrika va Fors ko‘rfazi mamlakatlari bozorlarida ishtirokini kengaytirishga e’tibor qaratmoqda.
Agentlik Qatardagi investitsiya imkoniyatlarini o‘zbek ishbilarmonlari orasida targ‘ib qilishga tayyorligini bildirdi.
Hozircha fabrikaning quvvati, qiymati, qurilish muddati va loyihada ishtirok etadigan kompaniyalar ma’lum qilinmagan.