Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

O‘zbekiston limon eksportini 2,2 barobar oshirdi — asosiy xaridorlar YeOII davlatlari

Obuna bo‘lish
O‘zbekiston limonining uchta eng yirik xaridori YeOII davlatlari — Qozog‘iston, Rossiya va Qirg‘iziston bo‘ldi.
2026 yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekiston xorijiy davlatlarga 4,2 mln dollarlik 4,1 ming tonna limon eksport qildi. Bu haqda Milliy statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.
Limon eksporti hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,2 barobar oshgan.
O‘zbekiston limonining uchta eng yirik xaridori Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqiga a’zo davlatlar bo‘ldi. Eksport hajmi bo‘yicha Qozog‘iston birinchi, Rossiya ikkinchi, Qirg‘iziston esa uchinchi o‘rinni egalladi.
Shuningdek, O‘zbekiston limoni Afg‘oniston, Birlashgan Arab Amirliklari va boshqa davlatlarga ham yetkazib berilgan.
Batafsil Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0