https://oz.sputniknews.uz/20260827/qodirov-kinofestival-eng-yaxshi-aktyor-59999713.html
Ulug‘bek Qodirov xalqaro kinofestivalda eng yaxshi aktor deb topildi
Ulug‘bek Qodirov xalqaro kinofestivalda eng yaxshi aktor deb topildi
Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonlik aktor Ulug‘bek Qodirov "Kazbek" tarixiy dramasidagi roli uchun VII Lendoc xalqaro kinofestivalida "Eng yaxshi erkak roli" nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi.
2026-08-27T12:03+0500
2026-08-27T12:03+0500
2026-08-27T12:03+0500
ijodiy tanlov
ulug‘ vatan urushi
kino
o‘zbek kino
rossiya
madaniyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1b/59997176_1:0:950:534_1920x0_80_0_0_e9ce5e1bfbd102bc7d6eea2c46f02b3b.jpg
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik aktor Ulug‘bek Qodirov “Kazbek” filmidagi roli uchun VII Lendoc xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi.Akbar Bekturdiyev rejissorligidagi “Kazbek” tarixiy dramasi O‘zbekiston va Belarus hamkorligida suratga olingan.Festival Sankt-Peterburg shahrida “Lendok” va “Kinokultura” kinostudiyalari tomonidan Rossiya Madaniyat vazirligi hamda Sankt-Peterburg Madaniyat qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi.Bu yilgi festivalda 13 ta mamlakatdan 39 ta badiiy, hujjatli, tarixiy, debut va talabalar filmi namoyish etildi. Unda Rossiya, O‘zbekiston, Hindiston, Eron, Xitoy, Indoneziya, Mavritaniya, Latviya va boshqa mamlakatlar vakillari qatnashdi.Dasturga urush yillarida jasorat ko‘rsatgan 18 yoshli pochtachi qiz haqida hikoya qiluvchi “O‘sha bahor haqida” qisqa metrajli filmi ham kiritildi.Talabalar va o‘quv ishlari yo‘nalishida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalarining ijodiy ishlari namoyish etildi. Filmlar Sankt-Peterburgning markaziy kinoteatrlarida tomoshabinlarga taqdim qilindi.Tanlov ishlarini Rossiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Belarus kino arboblaridan iborat hakamlar hay’ati baholadi.
https://oz.sputniknews.uz/20251014/yulduz-rajabova-kinofestival-golib-52681831.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1b/59997176_158:0:870:534_1920x0_80_0_0_3e8dd9910f34ae1126efb8143709b3cd.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
ijodiy tanlov, ulug‘ vatan urushi, kino, o‘zbek kino, rossiya, madaniyat, o‘zbekiston
ijodiy tanlov, ulug‘ vatan urushi, kino, o‘zbek kino, rossiya, madaniyat, o‘zbekiston
Ulug‘bek Qodirov xalqaro kinofestivalda eng yaxshi aktor deb topildi
Festivalda O‘zbekiston ishtirokida suratga olingan beshta film va talabalarning ijodiy ishlari namoyish etildi. Ulug‘bek Qodirov esa eng yaxshi aktor deb topildi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. O‘zbekistonlik aktor Ulug‘bek Qodirov “Kazbek” filmidagi roli uchun VII Lendoc xalqaro kinofestivalida “Eng yaxshi erkak roli” nominatsiyasi g‘olibi bo‘ldi. Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi
xabar berdi.
Akbar Bekturdiyev rejissorligidagi “Kazbek” tarixiy dramasi O‘zbekiston va Belarus hamkorligida suratga olingan.
Festival Sankt-Peterburg shahrida “Lendok” va “Kinokultura” kinostudiyalari tomonidan Rossiya Madaniyat vazirligi hamda Sankt-Peterburg Madaniyat qo‘mitasi ko‘magida tashkil etildi.
Bu yilgi festivalda 13 ta mamlakatdan 39 ta badiiy, hujjatli, tarixiy, debut va talabalar filmi namoyish etildi. Unda Rossiya, O‘zbekiston, Hindiston, Eron, Xitoy, Indoneziya, Mavritaniya, Latviya va boshqa mamlakatlar vakillari qatnashdi.
Namoyishlarda O‘zbekiston va Turkmaniston hamkorligida ishlangan “Mahtumquli”, Ayub Shahobiddinovning “Bahorni quvib”, Shamshod Ismatovning “Tortishish kuchi” filmlari taqdim etildi.
Dasturga urush yillarida jasorat ko‘rsatgan 18 yoshli pochtachi qiz haqida hikoya qiluvchi “O‘sha bahor haqida” qisqa metrajli filmi ham kiritildi.
Talabalar va o‘quv ishlari yo‘nalishida O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talabalarining ijodiy ishlari namoyish etildi. Filmlar Sankt-Peterburgning markaziy kinoteatrlarida tomoshabinlarga taqdim qilindi.
Tanlov ishlarini Rossiya, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston va Belarus kino arboblaridan iborat hakamlar hay’ati baholadi.