Xalqaro madaniyat karvonsaroyi kolleksiyasidan saralangan grafika asarlari ko‘rgazmasi
Obuna bo‘lish
Undan O‘zbekiston va Yaponiya rassomlarining turli texnikada ishlangan 40 ta asari o‘rin olgan.
26 avgust kuni O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Ikuo Xirayama nomidagi Xalqaro madaniyat karvonsaroyida muassasa san’at kolleksiyasidan saralangan grafika asarlari ko‘rgazmasi ochildi.
Xalqaro madaniyat karvonsaroyining san’at fondi 300 tadan ortiq eksponatni o‘z ichiga oladi. Kolleksiyani shakllantirish 2003-yilda Xitoy elchixonasi sovg‘a qilgan kulolchilik buyumlari va haykallardan boshlangan.
Bugungi kunda fondda O‘zbekiston va Yaponiya san’atiga oid rangtasvir, grafika, dekorativ-amaliy san’at, fotografiya va xattotlik namunalari saqlanadi.
Ko‘rgazmada Galina Li, Damir Urazayev, Gulzor Sultonova, Radik Azizov, Yevgeniy Pak, Boris Jurkin, Galina Naumova, Asliddin Kalanov, Xurshid Ziyaxanov, Gayane Matevosan, Mustafo Rasulov, Sergey Chufarnov va Muhiddin Risqiyev kabi rassomlarning asarlari namoyish etilmoqda.
Ekspozitsiyadan yapon grafika ustalari Yoshiko Sayto, Fuki Jin va Karasava Takakoning ijod namunalari ham o‘rin olgan. Jami 40 ta asar avtolitografiya, akvarel, pastel va aralash texnikada yaratilgan. Turli uslub hamda badiiy yondashuvlarni birlashtirgan ko‘rgazma zamonaviy grafika san’atining imkoniyatlarini ochib beradi.
“XMKS san’at fondi — turli madaniyatlar va badiiy an’analarni birlashtiruvchi muhim madaniy makon. Undagi asarlar O‘zbekiston va Yaponiya ijodkorlari o‘rtasidagi madaniy muloqotning o‘ziga xos ifodasi”.
Kolleksiya muntazam ravishda sovg‘alar va yangi xaridlar hisobiga boyitib boriladi. Fondda yapon fotosuratchilari Shota Nagase va Kanako Satoning fotoseriyalari, xattotlik ustalari Ishimaru Shinya va Yoshiasu Okadaning asarlari ham mavjud.
Ko‘rgazma 2026-yil 6-sentabrga qadar davom etadi.

1/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

2/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

3/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

4/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

5/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

6/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

7/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

8/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

9/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

10/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

11/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

12/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

13/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

14/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

15/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

16/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

17/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

18/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

19/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

20/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov

21/21
© Sputnik / Baxrom Xatamov