Tadbirkorlarga BAAda yangi imkoniyatlar: Dubayda O‘zbekiston ishbilarmonlar kengashi ish boshladi

© Torgovaya palata DubayaV Dubae sozdan Delovoy sovet Uzbekistana
V Dubae sozdan Delovoy sovet Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 27.08.2026
Obuna bo‘lish
Taa’kidlanishicha, yangi kengash ikki tomon kompaniyalarini bog‘lash, investitsiya loyihalarini ilgari surish va savdo aloqalarini kengaytirishga xizmat qiladi.
TOShKENT, 27 avg — Sputnik. Birlashgan Arab Amirliklarining Dubay shahrida O‘zbekiston Ishbilarmonlar kengashi tashkil etildi. Bu haqda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Kengash O‘zbekiston va Dubay tadbirkorlari o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri aloqalarni yo‘lga qo‘yish, yangi hamkorlar topish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish uchun doimiy platforma vazifasini bajaradi.

Uning ilk yig‘ilishi Dubay Savdo palatasi bosh qarorgohida o‘tkazildi. Kengash raisi etib "Aksum Group" asoschisi va boshqaruv raisi Ulug‘bekxon Maxsumov tayinlandi.

2025 yil yakunida Dubay Savdo palatasida ro‘yxatdan o‘tgan faol o‘zbek kompaniyalari soni 826 taga yetdi. Bu avvalgi yilga nisbatan 21,3 foizga ko‘p. 2026-yilning birinchi yarmida palataga yana 75 ta o‘zbek kompaniyasi qo‘shildi.
Dubay Savdo palatasi ma’lumotiga ko‘ra, 2025-yilda Dubay va O‘zbekiston o‘rtasidagi neftdan tashqari savdo hajmi 10,3 mlrd dirhamni — qariyb 2,8 mlrd dollarni tashkil etdi.
Kengash Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining BAAdagi vakolatxonasi, O‘zbekistonning ushbu mamlakatdagi elchixonasi hamda o‘zbek ishbilarmon doiralari vakillari tashabbusi bilan Dubay Savdo palatasi ko‘magida tuzildi.
Goroda mira. Dubay - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.08.2026
Aktivlari $137 mlrdlik Dubai Holding Yangi Toshkent loyihalariga qiziqish bildirmoqda
Yangiliklar lentasi
0