https://oz.sputniknews.uz/20260826/ukraine-maglubiyat-ogohlantirish-59971918.html
Kiyevning bir necha oyi qoldi: sobiq mudofaa vaziri Ukraina mag‘lubiyatidan ogohlantirdi
Kiyevning bir necha oyi qoldi: sobiq mudofaa vaziri Ukraina mag‘lubiyatidan ogohlantirdi
Sputnik O‘zbekiston
Ukraina Rossiyaga asta-sekin yutqazmoqda va vaziyatni o‘zgartirish uchun esa Kiyevda bir necha oy qoldi, dedi sobiq mudofaa vaziri.
2026-08-26T10:05+0500
2026-08-26T10:05+0500
2026-08-26T10:32+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
vladimir zelenskiy
dunyo yangiliklari
dunyoda
ukraina
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1a/59971670_0:203:2917:1844_1920x0_80_0_0_d040ef1e2fc576396f208404f2a022cc.jpg
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Ukraina Rossiyaga qarshi mojaroda asta-sekin yutqazmoqda va vaziyatni o‘zgartirish uchun Kiyevda bir necha oy qoldi. Bu haqda mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fodorov "Reuters" agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi.Fodorovning ta’kidlashicha, Ukraina rahbariyatida jangovar harakatlarni olib borish bo‘yicha yagona strategiya va mojaroni tugatish rejasi yo‘q.Sobiq vazir mamlakat rivojiga chuqur ildiz otgan korrupsiya va qarindosh-urug‘chilik tarmoqlari, shuningdek, davlat idoralarining siyosiy mustaqil emasligi to‘sqinlik qilayotganini bildirdi.U Mudofaa vazirligiga kelganida, ayrim boshqarma rahbarlari ukrainalik mudofaa kompaniyalarining manfaatlarini ilgari surish uchun tayinlanganini aniqlaganini ham ta’kidladi.Avvalroq sobiq vazir Ukrainadagi vaziyatni “tizimli boshqaruv inqirozi” deb atab, harbiy holat davrida saylov o‘tkazishga chaqirgan edi. Ukraina yangi davlat rahbari 2024-yil 31-martda saylanishi kerak edi, ammo saylovlar harbiy holat va umumiy safarbarlik bahonasi bilan bekor qilindi. Zelenskiyning vakolat muddati 2024-yil 20-mayda tugagan, ammo Kiyev rejimi rahbari keyingi ovoz berishgacha qonuniy bo‘lib qolishini ta’kidlamoqda.
https://oz.sputniknews.uz/20260823/ukraine-urush-tugatish-59897966.html
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/1a/59971670_94:0:2823:2047_1920x0_80_0_0_d363675b4d3e45d81f6f8f48ed94de04.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
vladimir zelenskiy, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina
vladimir zelenskiy, dunyo yangiliklari, dunyoda, ukraina
Kiyevning bir necha oyi qoldi: sobiq mudofaa vaziri Ukraina mag‘lubiyatidan ogohlantirdi
10:05 26.08.2026 (yangilandi: 10:32 26.08.2026) Ukraina Rossiyaga asta-sekin yutqazmoqda va vaziyatni o‘zgartirish uchun esa Kiyevda bir necha oy qoldi, dedi sobiq mudofaa vaziri.
TOShKENT, 26 avg — Sputnik. Ukraina Rossiyaga qarshi mojaroda asta-sekin yutqazmoqda va vaziyatni o‘zgartirish uchun Kiyevda bir necha oy qoldi. Bu haqda mamlakatning sobiq mudofaa vaziri Mixail Fodorov "Reuters" agentligiga bergan intervyusida
ma’lum qildi.
“Hozir kelajakdagi yo‘limizni belgilab beradigan burilish nuqtasiga keldik, ammo biz asta-sekin yutqazapmiz, shekilli”, — dedi u.
Fodorovning ta’kidlashicha, Ukraina rahbariyatida jangovar harakatlarni olib borish bo‘yicha yagona strategiya va mojaroni tugatish rejasi yo‘q.
Sobiq vazir mamlakat rivojiga chuqur ildiz otgan korrupsiya va qarindosh-urug‘chilik tarmoqlari, shuningdek, davlat idoralarining siyosiy mustaqil emasligi to‘sqinlik qilayotganini bildirdi.
U Mudofaa vazirligiga kelganida, ayrim boshqarma rahbarlari ukrainalik mudofaa kompaniyalarining manfaatlarini ilgari surish uchun tayinlanganini aniqlaganini ham ta’kidladi.
Avvalroq sobiq vazir Ukrainadagi vaziyatni “tizimli boshqaruv inqirozi” deb atab, harbiy holat davrida saylov o‘tkazishga chaqirgan edi.
Ukraina yangi davlat rahbari 2024-yil 31-martda saylanishi kerak edi, ammo saylovlar harbiy holat va umumiy safarbarlik bahonasi bilan bekor qilindi. Zelenskiyning vakolat muddati 2024-yil 20-mayda tugagan, ammo Kiyev rejimi rahbari keyingi ovoz berishgacha qonuniy bo‘lib qolishini ta’kidlamoqda.