O‘zbekistonga xorijdan yarim yilda 9,3 mlrd dollar pul o‘tkazildi

© SputnikRukovoditel departamenta Sentrabanka Samigjon Inogamov na Silk Road Finance & Technology Forum
Rukovoditel departamenta Sentrabanka Samigjon Inogamov na Silk Road Finance & Technology Forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2026
Obuna bo‘lish
Markaziy bank transchegaraviy to‘lovlarni arzonlashtirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. 2026 yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga xalqaro pul o‘tkazmalari oqimi 9,3 milliard dollarga yetdi. Mablag‘larning yarmidan ko‘pi bevosita bank kartalariga tushgan. Bu haqda Markaziy bank Pul-kredit siyosati departamenti direktori Samig‘jon Inog‘omov Toshkentdagi "Silk Road Finance & Technology Forum"da ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Inog‘omovning aytishicha, mamlakatda tez va qulay transchegaraviy to‘lovlarga talab allaqachon shakllangan. Tartibga solinadigan steyblkoinlar bozori esa endi rivojlana boshlamoqda.
Uning ta’kidlashicha, steyblkoinlar an’anaviy pul o‘tkazish kanallari qimmat yoki murakkab bo‘lgan holatlarda transchegaraviy hisob-kitoblar va dollar likvidligidan foydalanish imkonini berishi mumkin.
"O‘zbekistonda vaziyat biroz boshqacha va buni afzallik deb hisoblayman. Tartibga solinadigan steyblkoinlar bozori endi rivojlana boshlayapti, ammo tez va qulay transchegaraviy to‘lovlarga asosiy talab allaqachon mavjud", — dedi Inog‘omov.

Ma’lumot uchun, 2025-yilning birinchi yarmida O‘zbekistonga xorijdan 8,2 milliard dollar pul o‘tkazilgan edi. Shunday qilib, joriy yilda transchegaraviy tushumlar 1,1 milliard dollarga yoki qariyb 13,4 foizga oshgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
Sentrabank i NAPP prodoljayut testirovat sistemu steyblkoinov v Uzbekistane. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2026
O‘zbekiston raqamli valyuta va steyblkoinlarni sinovdan o‘tkazmoqda
Yangiliklar lentasi
0