O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevFasad s nadpisyu Ministerstvo ekonomiki i finansov Respubliki Uzbekistan
Fasad s nadpisyu Ministerstvo ekonomiki i finansov Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2026
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yilning birinchi yarmida 3,1 foizga oshib, 48,3 milliard dollarga yetdi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. O‘zbekistonning davlat qarzi 2026-yilning birinchi yarmi yakunida 48,315 milliard dollarga yetdi. Bu haqda Iqtisodiyot va moliya vazirligi e’lon qilgan davlat qarzi statistikasida ma’lum qilindi.
2026 yil boshida O‘zbekistonning davlat qarzi 46,85 milliard dollarni tashkil etgan edi. Birinchi yarim yillikda u qariyb 1,47 milliard dollarga yoki 3,1 foizga oshgan.
Hisobot davri oxirida davlat tashqi qarzi 40,71 milliard dollarga yetdi. Bu jami davlat qarzining qariyb 84 foizini tashkil qiladi. Tashqi majburiyatlar yil boshidan buyon taxminan 890 million dollarga yoki 2,2 foizga oshgan.
Davlat ichki qarzi esa 7,6 milliard dollarni tashkil etdi. U yarim yilda qariyb 570 million dollarga ko‘paygan.
So‘nggi yillarda O‘zbekiston davlat qarzi muntazam oshib bormoqda. Uning hajmi 2019-yilda 17,8 milliard dollar, 2020-yilda 23,4 milliard, 2021-yilda 26,3 milliard, 2022-yilda 29,2 milliard, 2023-yilda 34,5 milliard va 2024-yilda 40,2 milliard dollarni tashkil etgan. 2025-yil yakunida ko‘rsatkich 46,85 milliard dollarga yetgan edi.
Shunday qilib, davlat qarzi 2019-yildan buyon qariyb 2,7 barobar oshdi. Yangi hisobotga ko‘ra, davlat tashqi qarzining eng katta qismi — 20,53 milliard dollari budjetni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan.
Yirik kreditorlar orasida Jahon banki (9,12 milliard dollar), Osiyo taraqqiyot banki (8,18 milliard), Xitoy (3,89 milliard) va Yaponiya (3,09 milliard) moliya tashkilotlari bor. Xalqaro obligatsiyalar bo‘yicha majburiyatlar 6,78 milliard dollarni tashkil etgan.

Davlat qarzini mamlakatning yalpi tashqi qarzi bilan adashtirmaslik kerak. Yalpi tashqi qarz tarkibiga davlat majburiyatlaridan tashqari, banklar va korxonalar davlat kafolatisiz jalb qilgan mablag‘lar ham kiradi. Markaziy bank ma’lumotiga ko‘ra, bu ko‘rsatkich 2026-yil birinchi choragi oxirida 82,2 milliard dollarni tashkil etgan.

KengaytirishYig‘ishtirish
zaglushka - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 26.07.2026
O‘zbekistonning davlat qarzi besh yilda qariyb ikki baravar oshdi — infografika
Yangiliklar lentasi
0