Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Nebenzya Ukraina bo‘yicha Rossiyaga qo‘yilayotgan muzokaralar shartlarini g‘alati deb atadi

© Sputnik / Nensi Sisel / Mediabankka o‘tishPostoyanniy predstavitel Rossiyskoy Federatsii pri Organizatsii Obyedinyonnix Natsiy Vasiliy Nebenzya vistupayet na otkritom zasedanii soveta bezopasnosti OON v Nyu-Yorke.
Postoyanniy predstavitel Rossiyskoy Federatsii pri Organizatsii Obyedinyonnix Natsiy Vasiliy Nebenzya vistupayet na otkritom zasedanii soveta bezopasnosti OON v Nyu-Yorke. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya BMT Xavfsizlik Kengashida mojaroni muzlatish hamda Moskvaga ultimatum qo‘yishga qaratilgan urinishlarni qat’iy rad etdi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Rossiyaga qo‘yilayotgan muzokara talablari, go‘yoki jang maydonida Ukraina emas, Rossiya mag‘lubiyatga uchrayotgandek shakllantirilmoqda. Bu haqda Rossiyaning BMTdagi doimiy vakili Vasiliy Nebenzya Xavfsizlik Kengashining Ukraina bo‘yicha yig‘ilishida ma’lum qildi.
"G‘arb homiylari, Zelenskiyning o‘zi haqida gapirmasa ham bo‘ladi, keyingi keskinlashuv, hududimiz ichkarisiga zarbalar va tinch aholiga qarshi terror bizni “tinchlik” niqobi ostida singdirilayotgan ultimatumga rozi bo‘lishga majbur qiladi, degan xavfli xayol bilan yashamoqda", — dedi diplomat.
Uning fikricha, Moskvaga qo‘yilayotgan muzokaralar talablari "kamida g‘alati" ko‘rinadi.
"Go‘yoki jang maydonida Ukraina emas, Rossiya mag‘lubiyatga uchrayotgandek va har qanday shartga rozi bo‘lishi kerakdek", — dedi Nebenzya.
Diplomat Rossiya xavfsizligi manfaatlari hisobiga hech qanday kelishuv bo‘lmasligini ta’kidladi. Uning aytishicha, o‘t ochishni to‘xtatish bahonasida mojaroni muzlatib, Kiyevga qayta guruhlanish va qurollanish uchun tanaffus berishga qaratilgan urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
"Biz bilan ultimatum, terror va tahdidlar tilida gaplashish, joylardagi mavjud vaziyatni e’tiborsiz qoldirish davom etar ekan, mazmunli siyosiy-diplomatik muloqot uchun mavzu bo‘lmaydi", — dedi u.
Nebenzya G‘arb davlatlarini yillar davomida Ukrainani qurollantirish, uni Rossiyaga harbiy-siyosiy bosim vositasiga aylantirish va Kiyevning Minsk kelishuvlarini bajarishdan bosh tortishini rag‘batlantirishda aybladi.
U Rossiya qo‘shinlari jang maydonida tashabbusni saqlab qolayotganini iddao qildi. Diplomatning ma’lum qilishicha, 16–19 avgust kunlari Donesk, Zaporojye va Xarkov yo‘nalishlarida yettita aholi punkti Rossiya nazoratiga o‘tgan.
Diplomatning qo‘shimcha qilishicha, Kiyevga qayta guruhlanish va qayta qurollanish uchun vaqt berish maqsadida o‘t ochishni to‘xtatish bahonasida Rossiyaga mojaroni muzlatish bo‘yicha har qanday urinishlar muvaffaqiyatsizlikka uchraydi.
Nebenzya Ukraina tomonining Rossiya hududiga zarbalari oqibatida 10–19 avgust kunlari 69 nafar tinch aholi, jumladan, uch bola halok bo‘lgani, 406 kishi yaralanganini bildirdi. U Kiyevni tinch aholiga qarshi terror usullarini qo‘llashda aybladi.

"Aynan terror Kiyev uchun uning foydasiga bo‘lmagan vaziyatni o‘zgartirishga urinishning so‘nggi vositasiga aylanmoqda", - dedi Nebenzya

Postpred Rossii pri OON Vasiliy Nebenzya - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.11.2025
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
BMTning Ukraina mojarosini hal etishda roli bormi - Rossiya doimiy vakili javobi
Yangiliklar lentasi
0