https://oz.sputniknews.uz/20260825/tibbiyot-turizm-forum-59955387.html
Toshkentda tibbiy turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro forum boshlandi
Toshkentda tibbiy turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro forum boshlandi
Sputnik O‘zbekiston
2025 yilda qariyb 80 ming xorijlik O‘zbekistonga tibbiy xizmatlardan foydalanish uchun kelgan. Toshkentdagi xalqaro forumda tibbiy turizm, robotlashtirilgan jarrohlik va raqamli tibbiyot muhokama qilinmoqda.
2026-08-25T14:21+0500
2026-08-25T14:21+0500
2026-08-25T17:48+0500
turizm
forum
raqamli texnologiyalar
tibbiyot muassasi
shifokor
o‘zbekiston
jamiyat
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/19/59960796_0:256:2730:1792_1920x0_80_0_0_8c6d1fed0a315ac8700a5627219b2e17.jpg
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Toshkentda birinchi xalqaro tibbiy turizm forumi o‘z ishini boshladi. Unda Rossiya, Belarus, Armaniston, Janubiy Koreya, Hindiston va boshqa davlatlardan kelgan 150 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Forumda tibbiyot muassasalari rahbarlari, shifokorlar, xalqaro ekspertlar, tibbiy turizm agentliklari hamda sug‘urta kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.Forum O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirish, xorijiy bemorlarni jalb qilish, tibbiy xizmatlar eksportini kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.Tadbirning birinchi kunida xorijiy bemorlarga sifatli va xavfsiz tibbiy xizmat ko‘rsatish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda O‘zbekistonning tibbiy salohiyatini xalqaro bozorda targ‘ib qilish masalalari muhokama qilinmoqda.Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizovning ma’lum qilishicha, 2025-yilda O‘zbekistonga tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida 80 mingga yaqin xorijiy fuqaro kelgan.Abdulla Azizovning qo‘shimcha qilishicha, tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.Forumda robot yordamidagi jarrohlik va uni tibbiy turizmda qo‘llash imkoniyatlari, murakkab yurak kasalliklarini davolashda yuqori texnologiyali kardiojarrohlik usullari, shuningdek, ayollarda onkologik kasalliklarni zamonaviy tashxislash va davolash yondashuvlari muhokama qilindi.Tibbiyotni raqamlashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sun’iy intellektdan diagnostika, davolash va bemorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.Forum 26-avgustga qadar davom etadi. Ikkinchi kun dasturidan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va tibbiy turizm sohasida yangi loyihalarni muhokama qilishga qaratilgan tadbirlar o‘rin olgan.
https://oz.sputniknews.uz/20251110/novosibirsk-klinikalar-uzbekistan-vakolatxonalar-53357703.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/19/59960796_0:0:2730:2048_1920x0_80_0_0_cb14e58d5b8a98b8302f2081edcf364c.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
turizm, forum, raqamli texnologiyalar, tibbiyot muassasi, shifokor, o‘zbekiston, jamiyat
turizm, forum, raqamli texnologiyalar, tibbiyot muassasi, shifokor, o‘zbekiston, jamiyat
Toshkentda tibbiy turizmni rivojlantirishga qaratilgan xalqaro forum boshlandi
14:21 25.08.2026 (yangilandi: 17:48 25.08.2026) 2025 yilda O‘zbekistonga tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida qariyb 80 ming xorijlik kelgan. Mamlakat tibbiy xizmatlar eksportini kengaytirishni rejalashtirmoqda.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Toshkentda birinchi xalqaro tibbiy turizm forumi o‘z ishini boshladi. Unda Rossiya, Belarus, Armaniston, Janubiy Koreya, Hindiston va boshqa davlatlardan kelgan 150 nafardan ziyod ishtirokchi qatnashmoqda, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Forumda tibbiyot muassasalari rahbarlari, shifokorlar, xalqaro ekspertlar, tibbiy turizm agentliklari hamda sug‘urta kompaniyalari vakillari ishtirok etmoqda.
Forum O‘zbekistonda tibbiy turizmni rivojlantirish, xorijiy bemorlarni jalb qilish, tibbiy xizmatlar eksportini kengaytirish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.
Tadbirning birinchi kunida xorijiy bemorlarga sifatli va xavfsiz tibbiy xizmat ko‘rsatish, mutaxassislar malakasini oshirish hamda O‘zbekistonning tibbiy salohiyatini xalqaro bozorda targ‘ib qilish masalalari muhokama qilinmoqda.
Tibbiyot va farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizovning ma’lum qilishicha, 2025-yilda O‘zbekistonga tibbiy xizmatlardan foydalanish maqsadida 80 mingga yaqin xorijiy fuqaro kelgan.
"Xorijiy bemorlar oqimining ortishiga sog‘liqni saqlash tizimiga davlat va xususiy investitsiyalarning jalb etilishi, xalqaro hamkorlik va kelishuvlarning kengayishi, zamonaviy tibbiy uskunalarning joriy qilinishi hamda klinikalarda xalqaro standartlarga mos sharoitlarning yaratilishi xizmat qilmoqda", — dedi u.
Abdulla Azizovning qo‘shimcha qilishicha, tibbiyot mutaxassislarini tayyorlash va ularning malakasini oshirishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.
"O‘zbekistonlik shifokorlar xalqaro hamkorlik doirasida Fransiya va Germaniyada malaka oshirib, zamonaviy davolash usullarini o‘zlashtirmoqda. Xususan, jarrohlik sohasida mutaxassislarni qayta tayyorlash ishlari olib borilyapti", — dedi agentlik direktori.
Forumda robot yordamidagi jarrohlik va uni tibbiy turizmda qo‘llash imkoniyatlari, murakkab yurak kasalliklarini davolashda yuqori texnologiyali kardiojarrohlik usullari, shuningdek, ayollarda onkologik kasalliklarni zamonaviy tashxislash va davolash yondashuvlari muhokama qilindi.
Tibbiyotni raqamlashtirish, innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sun’iy intellektdan diagnostika, davolash va bemorlarga xizmat ko‘rsatish jarayonlarida foydalanish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.
"Bugun O‘zbekiston zamonaviy tibbiy turizmni rivojlantirishga katta e’tibor qaratmoqda. Ushbu forumda turli ekspertlar bilan professional aloqalarni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, turli davlatlardan kelgan hamkasblar bilan bilim va tajriba almashish imkoniga ega bo‘lyapmiz", — dedi Armanistondan kelgan forum ishtirokchisi Anna Pashayan.
Forum 26-avgustga qadar davom etadi. Ikkinchi kun dasturidan xalqaro hamkorlikni kengaytirish, tajriba almashish va tibbiy turizm sohasida yangi loyihalarni muhokama qilishga qaratilgan tadbirlar o‘rin olgan.