O‘zbek qovunlari Minskda: uch kunlik festival dasturi ma’lum bo‘ldi

© Sputnik / Avenir DeberdeyevV Xive proxodit traditsionniy festival dini
V Xive proxodit traditsionniy festival dini - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 25.08.2026
Obuna bo‘lish
Minskda uch kun davomida o‘zbek qovunlari, milliy taomlar, musiqa va raqslarni qamrab olgan madaniy-gastronomik festival bo‘lib o‘tadi.
TOShKENT, 25 avg — Sputnik. Joriy yilning 28–30 avgust kunlari Belarus poytaxti Minskda ilk bor O‘zbekiston qovunlari festivali bo‘lib o‘tadi. Madaniy-gastronomik tadbir shaharning Sport saroyi yonidagi maydonda tashkil etiladi. Bu haqda Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Minsk aholisi va mehmonlariga O‘zbekistonda yetishtirilgan mashhur qovunlarning turli navlari, shuningdek, yangi va qayta ishlangan meva-sabzavot mahsulotlari taqdim etiladi.
Tashrif buyuruvchilar degustatsiyalarda qatnashishi, o‘zbek milliy taomlarini tatib ko‘rishi va mamlakat gastronomik madaniyatining o‘ziga xos jihatlari bilan tanishishi mumkin.
Festival dasturidan O‘zbekiston milliy musiqa va raqs jamoalarining chiqishlari, xalq an’analari va urf-odatlari taqdimotlari ham o‘rin olgan.
Tadbir orqali o‘zbek meva-sabzavot mahsulotlarini Belarus bozorida ilgari surish, ishlab chiqaruvchilar, importchilar va savdo tashkilotlari o‘rtasidagi aloqalarni kengaytirish maqsad qilingan.
Shuningdek, festival O‘zbekistonning sayyohlik salohiyatini Belarus aholisi orasida targ‘ib qilishga xizmat qiladi.
Minsk shahar ijroiya qo‘mitasi festivalni jadal rivojlanayotgan O‘zbekiston–Belarus hamkorligining davomi sifatida baholadi.
Vstrecha posla RUz v Belarusi Nuriddina Mamajonova s predsedatelem Gosstandarta Yelenoy Morgunovoy - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2026
Morgunova: Belarus "Gosstandart"i o‘zbekistonlik tadbirkorlarga yordam berishga tayyor
Yangiliklar lentasi
0