Ingliz huquqi, nol soliq va kriptovalyuta: Toshkent xalqaro moliya markazi qanday ishlaydi

© SputnikV Tashkente startoval perviy Silk Road Finance & Technology Forum
V Tashkente startoval perviy Silk Road Finance & Technology Forum - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2026
Obuna bo‘lish
Toshkent xalqaro moliya markazida ingliz umumiy huquqi, mustaqil regulyator, nol soliq va erkin valyuta operatsiyalari joriy etiladi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Toshkent xalqaro moliya markazida ingliz umumiy huquqini qo‘llash, mustaqil regulyator tashkil etish va istalgan valyutada bitimlar tuzish imkonini yaratish rejalashtirilmoqda.
Bu haqda Prezident administratsiyasi loyihalari koordinatori Nodirjon Jo‘rayev "Silk Road Finance & Technology Forum"da ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.

“Markaziy bank yoki Istiqbolli loyihalar milliy agentligi Xalqaro moliy markaz ishtirokchilari yoxud uning muassasalari bilan ish olib bormaydi”, — dedi Jo‘rayev.

Shu bilan birga, markaz ishtirokchilari O‘zbekiston ichki bozorida ham xizmat ko‘rsatishi mumkin bo‘ladi. Buning uchun Markaziy bank bilan hamkorlikda alohida meyoriy-huquqiy baza ishlab chiqiladi.
“Bunday holatda milliy qonunchilik, shu jumladan soliq qoidalari qo‘llaniladi”, — deya ta’kidladi u.
Jo‘rayevning aytishicha, markaz doirasida istalgan valyutada bitimlar tuzish mumkin bo‘ladi. Bu markazga AQSh banklaridan tashqari, Xitoy, Singapur va Yaponiya kabi davlatlarning korrespondent banklarini ham jalb qilish imkonini beradi. Ular operatsiyalarni o‘z milliy valyutalarida amalga oshirishi mumkin.
Xalqaro moliya markazi huquqiy bazasida kriptovalyutadan ayirboshlash vositasi sifatida foydalanish imkoniyati ham nazarda tutiladi.
“Soliq rejimi ham juda jozibador bo‘ladi: xorijiy kompaniyalar va moliya institutlari uchun nol soliq ko‘zda tutilgan. Yagona cheklov pul yuvishga qarshi kurashish talablariga taalluqli bo‘ladi”, — dedi Jo‘rayev.
Markaziy bank raisi o‘rinbosari, boshqaruv a’zosi Abror Mirzo Olimov esa markaz muayan va real iqtisodiy muammolarni hal qilishi kerakligini ta’kidladi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston mintaqa va dunyodagi eng tez rivojlanayotgan iqtisodiyotlardan biri bo‘lib, mamlakatda moliyaviy savodxonlik o‘smoqda, moliyalashtirish imkoniyatlari kengaymoqda va xalqaro moliyaviy integratsiya kuchaymoqda.
“Men uchun Toshkent xalqaro moliya markazi mamlakatimiz korxonalari va moliya institutlarini xalqaro moliya institutlari va bozorlar bilan bog‘lashi kerak. Gap mahalliy kompaniyalarimizga keng ko‘lamli moliyaviy vositalardan foydalanish imkonini yaratish haqida ketmoqda. Vaqt o‘tishi bilan bu Markaziy Osiyoni xalqaro moliya bozorlari bilan yanada samarali bog‘lash imkonini beradi, deb umid qilaman”, — dedi u.
Olimovning fikricha, Toshkent xalqaro moliya markazi aniq belgilangan tuzilma doirasida moslashuvchan valyuta rejimiga ega bo‘lishi kerak. Markaz ishtirokchilari transchegaraviy operatsiyalarni amalga oshirishi va o‘z kapitalini erkin repatriatsiya qilishi mumkin bo‘ladi.
“Biz moliyaviy barqarorlikka xavf tug‘dirmagan holda moslashuvchanlikni ta’minlashni xohlaymiz. Ochiqlik moliyaviy barqarorlik, bozor yaxlitligi, yuqori shaffoflik, jinoiy daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi samarali choralar hamda tizimli xatarlarni to‘g‘ri boshqarish kabi kafolatlar bilan birga kelishi kerak”, — dedi Olimov.
Uning ta’kidlashicha, hozirgi asosiy vazifa ushbu ikki maqsad — erkinlik va moliyaviy barqarorlikni bitta tuzilma doirasida ta’minlash mexanizmlarini ishlab chiqish.
Shavkat Mirziyoyev oznakomilsya s predlojeniyami po povisheniyu energoeffektivnosti v otraslyax ekonomiki - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 11.07.2026
Prezident Toshkent xalqaro moliya markazi to‘g‘risidagi konstitutsiyaviy qonunni imzoladi
Yangiliklar lentasi
0