Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya Odessa viloyatidagi harbiy logistika obyektlariga zarba berdi

© Sputnik / Konstantin Chalabov / Mediabankka o‘tishDen raketnix voysk i artillerii na poligone Luga v Leningradskoy oblasti
Den raketnix voysk i artillerii na poligone Luga v Leningradskoy oblasti - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2026
Obuna bo‘lish
Rossiya Mudofaa vazirligi zarba natijasida tanker, yonilg‘i rezervuarlari, o‘nta ombor va elektr podstansiyasi zarar ko‘rganini bildirdi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. Rossiya Qurolli kuchlari Odessa viloyatidagi “Yujniy” portida harbiy yuklarni qabul qilish va saqlashda foydalanilgan obyektlarga guruhli zarba berdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar qildi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, zarba yuqori aniqlikdagi havo qurollari va uchuvchisiz uchish apparatlari yordamida amalga oshirilgan.
Zarba natijasida Ukraina Qurolli kuchlari uchun yonilg‘i olib kelgan tanker zarba bilan ishdan chiqarilgan. Shuningdek, yonilg‘i ombori hududidagi beshta rezervuar nishonga olingan.
Logistika terminalida harbiy maqsaddagi mol-mulk saqlangan o‘nta omborxona hamda yuklarni tushirish va saqlashda foydalanilgan port infratuzilmasi obyektlariga ham zarba berilgan.
Bundan tashqari, “Yujniy” porti faoliyatini elektr energiyasi bilan ta’minlagan PS-330 “Ajalik” podstansiyasi nishonga olingan.
Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina portlaridan Qurolli kuchlarga harbiy yuk va yonilg‘i yetkazib berishda foydalanilganini bildirdi.
Odesskiy morskoy port (arxivnoe foto) - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.08.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya Odessa portlaridagi harbiy nishonlarga zarba berdi
Yangiliklar lentasi
0