https://oz.sputniknews.uz/20260824/psixolog-ota-ona-tavsiya-59926880.html
Bolani maktabga tayyorlash: psixolog ota-onalarga foydali tavsiyalar berdi
Bolani maktabga tayyorlash: psixolog ota-onalarga foydali tavsiyalar berdi
Sputnik O‘zbekiston
Bolaning maktabga tayyorligi faqat harflarni bilishi bilan o‘lchanmaydi. Psixolog Gulbahor Yusupova o‘qishga qiziqish uyg‘otish, stressni kamaytirish va gadjetlarga qaramlik belgilarini aniqlash bo‘yicha tavsiyalar berdi.
2026-08-24T15:48+0500
2026-08-24T15:48+0500
2026-08-24T15:48+0500
video
maktab
bolalar
telefon
jamiyat
maktabga qabul
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/18/59936175_0:80:1536:944_1920x0_80_0_0_dc8fd42a15a664ee0a35486ba16ab9fe.png
Respublika tashxis markazi psixolog-metodisti Gulbahor Yusupova Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bolani birinchi sinfga tayyorlash, o‘qishga qiziqtirish, maktab stressini kamaytirish va gadjetlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.Bola birinchi sinfga borishdan oldin qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak?Demak, bolaning maktab muhitiga moslasha olishi, boshqalar bilan muloqot qilishi va yangi vazifalarni qabul qilishga ruhan tayyorligi muhim.Bola o‘qishga qiziqmasa, ota-ona nima qilishi kerak?Bolani majburlash o‘rniga, uning qiziqishlariga mos yondashuvni tanlash lozim. Masalan, o‘qish va darslarni o‘yinlar hamda qiziqarli hikoyalar orqali tushuntirish mumkin.Mutaxassisning ta’kidlashicha, hikoyaning davomini bilishga intilayotgan bolada o‘qishga nisbatan tabiiy qiziqish paydo bo‘ladi.Bolalarda maktab stressini qanday kamaytirish mumkin?Farzandni ayblash yoki tengdoshlari bilan solishtirish o‘rniga, u duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida suhbatlashish va uni qo‘llab-quvvatlash muhim.Ota-onaning tushunishi va yordami bolaning maktabdagi ruhiy bosimni yengilroq qabul qilishiga yordam beradi.Ota-onalar bola tarbiyasida qanday xatolarga yo‘l qo‘yadi?Mutaxassisning aytishicha, ota-onalarning asosiy xatolaridan biri — bolaning yoshi va ruhiy holatini hisobga olmaslik. Bola ulg‘aygan sari uning ruhiyati va dunyoqarashi ham o‘zgarib boradi. Shuning uchun tarbiya usullarini uning yoshi va ehtiyojlariga moslashtirish zarur.Gadjetlar qachon bolaga salbiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi?Gadjetning o‘zi emas, balki undan noto‘g‘ri foydalanish xavfli. Agar bolada uxlash, ovqatlanish, muloqot yoki dars vaqtida ham telefondan foydalanish istagi kuchaysa, bu qaramlik alomati bo‘lishi mumkin.Mutaxassis bolaning yoshi va ruhiy holatini hisobga olish, uni qo‘llab-quvvatlash, tengdoshlari bilan solishtirmaslik hamda gadjetlardan foydalanishda meyorga amal qilishni tavsiya etdi.Bolani maktabga to‘g‘ri tayyorlash va uning o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha tavsiyalarni videoda tomosha qiling.
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/18/59936175_86:0:1451:1024_1920x0_80_0_0_2c0a76d132cb7c71947a8d29d165451b.pngSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
video, maktab, bolalar, telefon, jamiyat, maktabga qabul, video
video, maktab, bolalar, telefon, jamiyat, maktabga qabul, video
Bolani maktabga tayyorlash: psixolog ota-onalarga foydali tavsiyalar berdi
Eksklyuziv
Psixolog bolani birinchi sinfga tayyorlash, o‘qishga qiziqtirish, maktab stressini kamaytirish va gadjetlardan foydalanish bo‘yicha maslahat berdi.
Respublika tashxis markazi psixolog-metodisti Gulbahor Yusupova
Sputnik O‘zbekiston muxbiriga bolani birinchi sinfga tayyorlash, o‘qishga qiziqtirish, maktab stressini kamaytirish va gadjetlardan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berdi.
Bola birinchi sinfga borishdan oldin qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishi kerak?
“Bolaning maktabga tayyorgarligi uni nechta harf bilishi bilan emas, balki emotsional jihatdan qay darajada tayyorgarligi orqali ifoda etiladi”, — dedi Gulbahor Yusupova.
Demak, bolaning maktab muhitiga moslasha olishi, boshqalar bilan muloqot qilishi va yangi vazifalarni qabul qilishga ruhan tayyorligi muhim.
Bola o‘qishga qiziqmasa, ota-ona nima qilishi kerak?
Bolani majburlash o‘rniga, uning qiziqishlariga mos yondashuvni tanlash lozim. Masalan, o‘qish va darslarni o‘yinlar hamda qiziqarli hikoyalar orqali tushuntirish mumkin.
Mutaxassisning ta’kidlashicha, hikoyaning davomini bilishga intilayotgan bolada o‘qishga nisbatan tabiiy qiziqish paydo bo‘ladi.
Bolalarda maktab stressini qanday kamaytirish mumkin?
Farzandni ayblash yoki tengdoshlari bilan solishtirish o‘rniga, u duch kelayotgan qiyinchiliklar haqida suhbatlashish va uni qo‘llab-quvvatlash muhim.
Ota-onaning tushunishi va yordami bolaning maktabdagi ruhiy bosimni yengilroq qabul qilishiga yordam beradi.
Ota-onalar bola tarbiyasida qanday xatolarga yo‘l qo‘yadi?
Mutaxassisning aytishicha, ota-onalarning asosiy xatolaridan biri — bolaning yoshi va ruhiy holatini hisobga olmaslik. Bola ulg‘aygan sari uning ruhiyati va dunyoqarashi ham o‘zgarib boradi. Shuning uchun tarbiya usullarini uning yoshi va ehtiyojlariga moslashtirish zarur.
Gadjetlar qachon bolaga salbiy ta’sir ko‘rsata boshlaydi?
Gadjetning o‘zi emas, balki undan noto‘g‘ri foydalanish xavfli. Agar bolada uxlash, ovqatlanish, muloqot yoki dars vaqtida ham telefondan foydalanish istagi kuchaysa, bu qaramlik alomati bo‘lishi mumkin.
Mutaxassis bolaning yoshi va ruhiy holatini hisobga olish, uni qo‘llab-quvvatlash, tengdoshlari bilan solishtirmaslik hamda gadjetlardan foydalanishda meyorga amal qilishni tavsiya etdi.
Bolani maktabga to‘g‘ri tayyorlash va uning o‘qishga qiziqishini oshirish bo‘yicha tavsiyalarni videoda tomosha qiling.