O‘zbekistonda noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun 15-yilgacha qamoq taklif qilindi

© Sputnik / Kirill Kallinikov / Mediabankka o‘tishAviakompaniya "Aeroflot" priostanavlivayet vipolnenie mejdunarodnix reysov
Aviakompaniya Aeroflot priostanavlivayet vipolnenie mejdunarodnix reysov  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.08.2026
Obuna bo‘lish
Qonun loyihasida noqonuniy migratsiyani tashkil etishga ko‘maklashish uchun 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish taklif qilingan.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik. O‘zbekistonda noqonuniy migratsiyani tashkil etganlik uchun 15-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosini belgilash taklif etilmoqda. Migratsiya agentligi ishlab chiqqan qonun loyihasi jamoatchilik muhokamasiga qo‘yildi
Hujjat bilan Jinoyat kodeksiga "Noqonuniy migratsiyani tashkil etish" deb nomlangan yangi 223¹-moddani kiritish ko‘zda tutilgan.
Unga ko‘ra, moddiy manfaat olish maqsadida noqonuniy migratsiyani tashkil etish, unga rahbarlik qilish yoki ko‘maklashish uch yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishi mumkin.
Jinoiy javobgarlik iqtisodiy manfaat ko‘rish maqsadida shaxslarni O‘zbekistonga noqonuniy olib kirish, davlat chegarasidan o‘tkazish, chet elga olib chiqish yoki mamlakat hududi orqali boshqa davlatga noqonuniy o‘tishiga qaratilgan faoliyatni tashkil etish, unga rahbarlik qilish yoxud ko‘maklashish uchun belgilanishi mumkin.
Bunday ko‘mak transport vositasi yoki turar joy taqdim etish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Agar jinoyat ko‘p miqdorda, bir guruh shaxslar yoki mansabdor shaxslar tomonidan, takroran, xavfli retsidivist yoxud uyushgan guruh ishtirokida sodir etilsa, besh yildan o‘n yilgacha qamoq jazosi taklif qilinmoqda.
Juda ko‘p miqdorda, inson hayoti yoki sog‘lig‘i uchun xavfli usulda sodir etilgan yoxud boshqa og‘ir oqibatlarga sabab bo‘lgan harakatlar uchun esa o‘n yildan o‘n besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish belgilanishi mumkin.
Bunday jinoyatlar bo‘yicha dastlabki tergovni ichki ishlar organlariga topshirish taklif etilgan.
Qonun loyihasining jamoatchilik muhokamasi 8-sentabrga qadar davom etadi.
Samolet Airbus 330  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.08.2026
AQShdan deportatsiya qilingan 18 nafar O‘zbekiston fuqarosi Toshkentga qaytarildi
Yangiliklar lentasi
0