"Yagona Vatan, yagona xalq" — mustaqillikning 35-yillik fototarixi
"Yagona Vatan, yagona xalq" — mustaqillikning 35-yillik fototarixi
Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazma ochildi. 200 dan ortiq tarixiy va zamonaviy surat mamlakat bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li hamda Yangi O‘zbekiston qiyofasini namoyon etadi.
Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.Ko‘rgazma O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Adliya vazirligi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA), O‘zbekiston Kino, foto va fono hujjatlari milliy arxivi hamda Toshkent Fotosuratlar uyi hamkorligida tashkil etildi.Ekspozitsiyaning asosiy qismini O‘zbekiston Kino, foto va fono hujjatlari milliy arxivi fondlarida saqlanayotgan noyob fotosuratlar tashkil etadi. Ularda mustaqillikning ilk yillari, yirik davlat tadbirlari, jamiyat hayoti va mamlakat taraqqiyotining asosiy bosqichlari aks etgan. Tarixiy kadrlarni O‘zAning zamonaviy fotomateriallari to‘ldirib, bugungi O‘zbekistonning yangilanayotgan qiyofasini namoyon etadi.Suratlarda sanoat va iqtisodiyot, ta’lim va ilm-fan, madaniyat va sport, xalqaro hamkorlik, turizm, tarixiy-madaniy merosni asrash, hududlarni rivojlantirish hamda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari o‘z ifodasini topgan.Ko‘rgazmaning o‘ziga xos jihati — arxiv hujjatlari va zamonaviy fotoyilnomaning bir makonda uyg‘unlashgani. Bu tomoshabinga mustaqil O‘zbekiston tarixini fotografiya tili orqali kuzatish, kechagi kun bilan bugungi taraqqiyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni his etish imkonini beradi.Fotoko‘rgazma mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni keng jamoatchilikka namoyish qilish, mamlakat hayotidagi jarayonlarni tarixiy va zamonaviy suratlar orqali yoritish hamda O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichini aks ettirishga xizmat qiladi.
Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan, mamlakat taraqqiyoti aks etgan 200 tadan ortiq suratdan iborat ko‘rgazma ochildi.
Toshkent Fotosuratlar uyida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan fotoko‘rgazmaning tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rgazma O‘zbekiston Badiiy akademiyasi, Adliya vazirligi huzuridagi "O‘zarxiv" agentligi, O‘zbekiston Milliy axborot agentligi (O‘zA), O‘zbekiston Kino, foto va fono hujjatlari milliy arxivi hamda Toshkent Fotosuratlar uyi hamkorligida tashkil etildi.
Ekspozitsiyaning asosiy qismini O‘zbekiston Kino, foto va fono hujjatlari milliy arxivi fondlarida saqlanayotgan noyob fotosuratlar tashkil etadi. Ularda mustaqillikning ilk yillari, yirik davlat tadbirlari, jamiyat hayoti va mamlakat taraqqiyotining asosiy bosqichlari aks etgan.
Tarixiy kadrlarni O‘zAning zamonaviy fotomateriallari to‘ldirib, bugungi O‘zbekistonning yangilanayotgan qiyofasini namoyon etadi.
Suratlarda sanoat va iqtisodiyot, ta’lim va ilm-fan, madaniyat va sport, xalqaro hamkorlik, turizm, tarixiy-madaniy merosni asrash, hududlarni rivojlantirish hamda keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari o‘z ifodasini topgan.
"Fotografiya orqali biz nafaqat o‘tgan kunlarni yodga olamiz, balki mustaqillik yillarida mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘lini, bugungi o‘zgarishlar va insonlarning bunyodkorlik mehnatini ham ko‘ramiz", — ta’kidladi ko‘rgazma tashkilotchilari.
Ko‘rgazmaning o‘ziga xos jihati — arxiv hujjatlari va zamonaviy fotoyilnomaning bir makonda uyg‘unlashgani. Bu tomoshabinga mustaqil O‘zbekiston tarixini fotografiya tili orqali kuzatish, kechagi kun bilan bugungi taraqqiyot o‘rtasidagi bog‘liqlikni his etish imkonini beradi.
Fotoko‘rgazma mustaqillik yillarida erishilgan yutuqlarni keng jamoatchilikka namoyish qilish, mamlakat hayotidagi jarayonlarni tarixiy va zamonaviy suratlar orqali yoritish hamda O‘zbekistonning yangi taraqqiyot bosqichini aks ettirishga xizmat qiladi.