https://oz.sputniknews.uz/20260824/islom-uzbekistan-mediaforum-59936581.html
Islom olamining ilm-fan va madaniyat merosi: O‘zbekistonda xalqaro mediaforum boshlanmoqda
Islom olamining ilm-fan va madaniyat merosi: O‘zbekistonda xalqaro mediaforum boshlanmoqda
Sputnik O‘zbekiston
Toshkent va Samarqandda o‘tadigan xalqaro mediaforum qariyb 50 mamlakatdan 300 nafar ishtirokchini birlashtiradi. Dasturdan yalpi sessiyalar, medialoyihalar, filmlar taqdimoti va ijodiy uchrashuvlar o‘rin olgan.
2026-08-24T17:06+0500
2026-08-24T17:06+0500
2026-08-24T17:08+0500
forum
islom sivilizatsiyasi markazi
oav
jurnalistlar
toshkent
samarqand
jamiyat
o‘zbekiston
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1f/56621203_0:105:2000:1230_1920x0_80_0_0_7984a409bc8cae834791d762545896c3.jpg
TOShKENT, 24 avg — Sputnik.Toshkent shahridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida "Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar" xalqaro mediaforumi arafasida mahalliy va xorijiy jurnalistlar uchun brifing bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Unda forum 24-28 avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilishi hamda qariyb 50 ta mamlakatdan 300 nafar media va ekspertlar hamjamiyati vakilini birlashtirishi ma’lum qilindi. OAV vakillariga tadbirning asosiy yo‘nalishlari, yalpi sessiyalar, xalqaro medialoyihalar, hujjatli filmlar, noshirlik tashabbuslari va raqamli yechimlar taqdim etildi.24 avgust kuni qator professional va ta’limiy tadbirlar tashkil qilindi. Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalarida hujjatli kino, televidenie, zamonaviy media va raqamli texnologiyalar sohasi ustalari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi.Shu kuni O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti yosh jurnalistlar uchun mediaplatforma yaratish bo‘yicha qo‘shma dasturni imzoladi. Kun dasturi "Oskar" mukofoti sovrindori Ben Kingsli ishtirokidagi "Ma’rifat aks-sadosi" filmi taqdimoti bilan yakunlandi. Loyiha islom sivilizatsiyasi merosi, mintaqaning buyuk ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ularning kashfiyotlari hamda bilimlar taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siriga bag‘ishlangan.Mediaforumning asosiy dasturi 25-avgust kuni Islom sivilizatsiyasi markazida boshlanadi. Uni mamlakat rahbariyati vakillari va xorijiy mehmonlar ishtirokidagi tantanali ochilish marosimi boshlab beradi.Dastlabki xalqaro spikerlardan biri "Euronews" bosh direktori va tahririyat direktori Klaus Shtruns bo‘ladi.Shuningdek, "CNN International Commercial", "Euronews", "BBC Studios", "TRT World", "Oman TV", "Oman Observer", Tunisning TAP va Yamanning "Saba" axborot agentliklari hamda boshqa xalqaro OAV vakillarining ishtiroki ko‘zda tutilgan.Ushbu xalqaro mediaforumning markaziy maydoni O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ladi.
https://oz.sputniknews.uz/20260726/termiziy-tavallud-nishonlanish-59282565.html
o‘zbekiston
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/03/1f/56621203_111:0:1890:1334_1920x0_80_0_0_1388e3cdb0e70aa6548f71726211f631.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
forum, islom sivilizatsiyasi markazi, oav, jurnalistlar, toshkent, samarqand, jamiyat, o‘zbekiston
forum, islom sivilizatsiyasi markazi, oav, jurnalistlar, toshkent, samarqand, jamiyat, o‘zbekiston
Islom olamining ilm-fan va madaniyat merosi: O‘zbekistonda xalqaro mediaforum boshlanmoqda
17:06 24.08.2026 (yangilandi: 17:08 24.08.2026) Toshkent va Samarqanddagi mediaforum qariyb 50 ta mamlakatdan 300 nafar jurnalist, ekspert va soha mutaxassisini birlashtiradi.
TOShKENT, 24 avg — Sputnik.Toshkent shahridagi O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazida "Islom sivilizatsiyasi: yangi nigoh — yangi kashfiyotlar" xalqaro mediaforumi arafasida mahalliy va xorijiy jurnalistlar uchun brifing bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda
Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Unda forum 24-28 avgust kunlari Toshkent va Samarqand shaharlarida o‘tkazilishi hamda qariyb 50 ta mamlakatdan 300 nafar media va ekspertlar hamjamiyati vakilini birlashtirishi ma’lum qilindi.
Ishtirokchilar orasida mediakompaniyalar, axborot agentliklari va telekanallar rahbarlari, jurnalistlar, produserlar, olimlar hamda kreativ industriya mutaxassislari bor.
OAV vakillariga tadbirning asosiy yo‘nalishlari, yalpi sessiyalar, xalqaro medialoyihalar, hujjatli filmlar, noshirlik tashabbuslari va raqamli yechimlar taqdim etildi.
24 avgust kuni qator professional va ta’limiy tadbirlar tashkil qilindi. Toshkentdagi oliy ta’lim muassasalarida hujjatli kino, televidenie, zamonaviy media va raqamli texnologiyalar sohasi ustalari bilan ijodiy uchrashuvlar o‘tkazildi.
Shu kuni O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi va O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti yosh jurnalistlar uchun mediaplatforma yaratish bo‘yicha qo‘shma dasturni imzoladi.
Loyiha mamlakatning madaniy va tarixiy merosini o‘rganish va ommalashtirish, shuningdek, yosh jurnalistlarni zamonaviy mediakontent yaratish jarayoniga jalb etishga qaratilgan. "Sevimli" telekanaliga mediatur ham tashkil qilindi.
Kun dasturi "Oskar" mukofoti sovrindori Ben Kingsli ishtirokidagi "Ma’rifat aks-sadosi" filmi taqdimoti bilan yakunlandi. Loyiha islom sivilizatsiyasi merosi, mintaqaning buyuk ilm-fan va madaniyat namoyandalari, ularning kashfiyotlari hamda bilimlar taraqqiyotiga ko‘rsatgan ta’siriga bag‘ishlangan.
Mediaforumning asosiy dasturi 25-avgust kuni Islom sivilizatsiyasi markazida boshlanadi. Uni mamlakat rahbariyati vakillari va xorijiy mehmonlar ishtirokidagi tantanali ochilish marosimi boshlab beradi.
Dastlabki xalqaro spikerlardan biri "Euronews" bosh direktori va tahririyat direktori Klaus Shtruns bo‘ladi.
U "Yangi yaqinlik: Yevropa va Markaziy Osiyoni madaniyat, media va g‘oyalar orqali birlashtirish — Islom sivilizatsiyasi markazi global axborot makonida" mavzusida maxsus ma’ruza taqdim etadi.
Shuningdek, "CNN International Commercial", "Euronews", "BBC Studios", "TRT World", "Oman TV", "Oman Observer", Tunisning TAP va Yamanning "Saba" axborot agentliklari hamda boshqa xalqaro OAV vakillarining ishtiroki ko‘zda tutilgan.
Ushbu xalqaro mediaforumning markaziy maydoni O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi bo‘ladi.