Misrning yetakchi kartoshka eksportchisi Surxondaryoda loyiha amalga oshirishi mumkin
Misrning yetakchi kartoshka eksportchisi Surxondaryoda loyiha amalga oshirishi mumkin
Sputnik O‘zbekiston
Misrning yetakchi kartoshka eksportchilaridan biri Daltex Surxondaryoda kartoshka va uzum yetishtirish hamda mahsulotlarni qayta ishlash bo‘yicha qo‘shma loyihalar imkoniyatini o‘rganmoqda.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Misrning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashgan Daltex kompaniyasi Surxondaryo viloyati bilan hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot axborot agentligi xabar berdi.Kompaniya menejerlari Muhammad Mustafo va Toriq Navara hamda Surxondaryo viloyati hokimligi mas’ullari ishtirokida onlayn muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlar qishloq xo‘jaligida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.Shuningdek, viloyatning kartoshka va uzum yetishtirish imkoniyatlari, iqlim sharoiti hamda boshqa 14 ta tumandagi ekin maydonlari haqida ma’lumot berildi.Daltex vakillari avval ham O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurgani va mamlakatdagi agrar imkoniyatlar bilan tanish ekanini bildirdi.
Misrning Daltex kompaniyasi Surxondaryoda kartoshka va uzum yetishtirish bo‘yicha qo‘shma loyihalar imkoniyatini o‘rganmoqda.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Misrning qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlashga ixtisoslashgan Daltex kompaniyasi Surxondaryo viloyati bilan hamkorlik imkoniyatlarini o‘rganmoqda. Bu haqda “Dunyo” axborot axborot agentligi xabar berdi.
Kompaniya menejerlari Muhammad Mustafo va Toriq Navara hamda Surxondaryo viloyati hokimligi mas’ullari ishtirokida onlayn muzokaralar o‘tkazildi. Tomonlar qishloq xo‘jaligida hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va istiqbolli qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalarini muhokama qildi.
Misr tomoniga Sherobod tumanidagi 940 gektar maydonni egallagan “Surxon-Agro” erkin iqtisodiy zonasining infratuzilmasi va agrosanoat loyihalarini namoyish qilindi.
Shuningdek, viloyatning kartoshka va uzum yetishtirish imkoniyatlari, iqlim sharoiti hamda boshqa 14 ta tumandagi ekin maydonlari haqida ma’lumot berildi.
Daltex vakillari avval ham O‘zbekistonga bir necha bor tashrif buyurgani va mamlakatdagi agrar imkoniyatlar bilan tanish ekanini bildirdi.
Kompaniyaning rasmiy ma’lumotiga ko‘ra, Daltex 1964-yilda tashkil etilgan. U Misrning yetakchi kartoshka eksportchisi bo‘lib, mahsulot yetishtirishdan tortib, uni saqlash, qadoqlash va eksport qilishgacha bo‘lgan to‘liq agrosanoat zanjirini qamrab oladi. Kompaniya kartoshka, sitrus mevalar, uzum va boshqa mahsulotlarni 75 dan ortiq mamlakatga yetkazib beradi.