Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeIKda xalqaro savdo huquqi bo‘yicha BMT onlayn kurslari taqdim etildi

© Press-slujba YeEK V YeEK predstavleni onlayn-kursi YuNSITRAL po mejdunarodnomu torgovomu pravu
V YeEK predstavleni onlayn-kursi YuNSITRAL po mejdunarodnomu torgovomu pravu - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 23.08.2026
Obuna bo‘lish
Tinglovchilar elektron savdo, xalqaro arbitraj, mediatsiya va davlat xaridlari bo‘yicha bilimlarini oshirishi mumkin.
TOShKENT, 23 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi platformasida BMTning Xalqaro savdo huquqi bo‘yicha komissiyasi — YuNSITRAL onlayn kurslariga bag‘ishlangan vebinar o‘tkazildi. Bu haqda YeIK matbuot xizmati xabar berdi.
YeIK va YuNSITRAL hamkorligi doirasida tashkil etilgan tadbirda YeOII mamlakatlarining vakolatli davlat organlari va tashkilotlari hamda Komissiya tarkibiy bo‘linmalari vakillari ishtirok etdi.
Vebinarni ochgan YeIK Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirish departamenti direktori o‘rinbosari Lusine Bagratuni xalqaro tashkilotlarning ta’lim resurslaridan foydalanish orqali mutaxassislarning kasbiy salohiyatini oshirish muhimligini ta’kidladi.
"Ishonchim komilki, vebinarimiz kasbiy bilimlarni kengaytirish va YuNSITRAL faoliyatini chuqurroq tushunish uchun foydali vositaga aylanadi", — dedi u.
YuNSITRAL vakillari o‘z ta’lim platformasi imkoniyatlari va mavjud onlayn kurslar mazmunini taqdim etdi. O‘quv dasturlari YuNSITRAL faoliyati, tovarlarning xalqaro oldi-sotdisi, elektron savdo, xalqaro tijorat arbitraji va mediatsiya, shuningdek, davlat xaridlarini qamrab oladi.
Kurslar tinglovchilarga YuNSITRAL tomonidan ishlab chiqilgan xalqaro huquqiy vositalar va ularni amalda qo‘llash usullari haqida tizimli bilim olish imkonini beradi. Ta’lim masofaviy shaklda tashkil etilgani uchun materiallarni qulay vaqt va sur’atda o‘zlashtirish mumkin.
YeIK va YuNSITRAL kelgusida ham qo‘shma tadbirlarni davom ettirishga tayyorligini bildirdi.
Ministr po ekonomike i finansovoy politike YeEK Baxit Sultanov - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 02.07.2026
O‘zbekiston va YeOII
YeIK va BMT komissiyasi hamkorlikning yangi bosqichiga o‘tdi
Yangiliklar lentasi
0