https://oz.sputniknews.uz/20260822/ukraina-qurolli-kuchlari-20-ming-yollanma-askarlar-bor-59876478.html
Ukraina Qurolli kuchlari safida 20 mingga yaqin xorijiy yollanma askarlar bor — Miroshnik
Ukraina Qurolli kuchlari safida 20 mingga yaqin xorijiy yollanma askarlar bor — Miroshnik
Sputnik O‘zbekiston
Bugungi kunda UQK safida 16 mingdan 20 minggacha xorijiy yollanma askarlar jang qilmoqda. 22.08.2026, Sputnik O‘zbekiston
2026-08-22T11:17+0500
2026-08-22T11:17+0500
2026-08-22T11:17+0500
rossiyaning donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
rossiya
rossiya tiv
ukraina
qurolli kuchlar
yollanma
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/09/25176751_0:0:2931:1649_1920x0_80_0_0_cf8ff256f9435cc16bbf209485e119c2.jpg
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari tarkibidagi xorijiy yollanma askarlar soni 20 ming nafarga yetishi mumkin, dedi Rossiya TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnik RIA Novostiga.Ukraina harbiy ombudsmani Olga Reshetilova 6-avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari safida dunyoning 72 davlatidan kelgan 16 mingga yaqin yollanma askar borligini aytgan edi.Rossiya Mudofaa vazirligi bir necha bor ta’kidlaganidek, Kiyev xorijiy yollanma askarlarni to‘p yemi sifatida ishlatmoqda, Rossiya harbiylari esa ularni butun Ukraina hududida yo‘q qilishda davom etadi. Pul ishlash maqsadida urushga kelganlarning o‘zlari ko‘plab intervyularida ukrainalik harbiylar ularning harakatlarini yaxshi muvofiqlashtirmasligini, janglarda omon qolish imkoniyati kamligini tan olishgan.Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainanng xorijdiy davlatlardagi elchixonalari, xalqaro qonunlarga zid ravishda yollanma askarlarni jalb qilish bilan shug‘ullanayotgani haqida bir necha marotaba xabar qilgan edi.
ukraina
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07e6/06/09/25176751_62:0:2793:2048_1920x0_80_0_0_2c8d60c1546e388f2017003190670eb9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
rossiya, rossiya tiv, ukraina, qurolli kuchlar, yollanma
rossiya, rossiya tiv, ukraina, qurolli kuchlar, yollanma
Ukraina Qurolli kuchlari safida 20 mingga yaqin xorijiy yollanma askarlar bor — Miroshnik
Bugungi kunda UQK safida 16 mingdan 20 minggacha xorijiy yollanma askarlar jang qilmoqda.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. Ukraina Qurolli kuchlari tarkibidagi xorijiy yollanma askarlar soni 20 ming nafarga yetishi mumkin, dedi Rossiya TIVning maxsus topshiriqlar bo‘yicha elchisi Rodion Miroshnik RIA Novostiga.
Ukraina harbiy ombudsmani Olga Reshetilova 6-avgust kuni Ukraina Qurolli kuchlari safida dunyoning 72 davlatidan kelgan 16 mingga yaqin yollanma askar borligini aytgan edi.
"Bu 16 ming kishini xorijiy yollanma askarlar kontingenti deb hisoblash mumkin. Ma’lumotlarga ko‘ra, Ukraina Qurolli Kuchlari orqali bu yollanma askarlardan tashqari yana 30 mingga yaqin kishi o‘tgan - kimdir halok bo‘lgan, kimdir ma’lum muddat xizmat qilib, keyin ketgan. Hozirda Ukraina Qurolli Kuchlari tarkibida 16-20 ming nafar xorijiy yollanma askar borligi haqidagi raqam haqiqatga yaqin", - dedi Miroshnik.
Rossiya Mudofaa vazirligi bir necha bor ta’kidlaganidek, Kiyev xorijiy yollanma askarlarni to‘p yemi sifatida ishlatmoqda, Rossiya harbiylari esa ularni butun Ukraina hududida yo‘q qilishda davom etadi. Pul ishlash maqsadida urushga kelganlarning o‘zlari ko‘plab intervyularida ukrainalik harbiylar ularning harakatlarini yaxshi muvofiqlashtirmasligini, janglarda omon qolish imkoniyati kamligini tan olishgan.
Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Ukrainanng xorijdiy davlatlardagi elchixonalari, xalqaro qonunlarga zid ravishda yollanma askarlarni jalb qilish bilan shug‘ullanayotgani haqida bir necha marotaba xabar qilgan edi.