Prezident mustaqillikning 35-yilligi arafasida qator soha xodimlarini mukofotladi
19:27 22.08.2026 (yangilandi: 19:32 22.08.2026)

© Press-slujba prezidenta Uzbekistana
Obuna bo‘lish
Mukofotlanganlar orasida fan va madaniyat, sport va ta’lim, OAV va ijtimoiy soha vakillari hamda davlat xizmatchilari bor.
TOShKENT, 22 avg — Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mustaqillikning 35-yilligi munosabati bilan turli sohalar xodimlarini mukofotlash to‘g‘risida farmon imzoladi.
Fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, sport, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlaridan:
“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan
Arabov Ilos Ismatovich - Yunus Rajabiy nomidagi o‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi
Turdiyeva Yulduz Choriyevna - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan
Jamoldinov Akmaljon Zaylobidinovich - O‘zbekiston davlat filarmoniyasi bosh rassomi
“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan artist” faxriy unvoni bilan
Israilov Shukurulla Axmadkulovich - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi badiiy so‘z ustasi
Yuldashev Bobur Baxadirovich - “Diydor yoshlar eksperimental teatr-studiyasi” davlat muassasasi badiiy rahbari
Yuldashev Shoxrux Alisherovich - “O‘zbekkonsert” davlat muassasasi xonandasi
Davlat xizmatchilari hamda ishlab chiqarish va ijtimoiy-iqtisodiy sohalar xodimlaridan:
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan sanoat xodimi" faxriy unvoni bilan
Mustakimov Otabek Mannabiyevich - "Navoiy kon-metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining Markaziy kon boshqarmasi direktori
Turanov G‘ulomjon Mirzaxmatovich - "O‘zbekiston metallurgiya kombinati" aksiyadorlik jamiyatining elektrda po‘lat eritish bo‘linmasi po‘lat erituvchisi
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan geolog" faxriy unvoni bilan
Jongirov Amonjul Abduxoshimovich - "O‘zbekgidrogeologiya" davlat muassasasining geologiya bo‘limi yetakchi gidrogeologi
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan quruvchi" faxriy unvoni bilan
Axmedov Baxtiyor Ag‘zamovich - Jizzax shahridagi "Agrokvant" qurilish-montaj korxonasi rahbari, Jizzax viloyati
Toxtaxodjayev Sattarxuja Raximdjanovich - Olmazor tumanidagi "Golden Ganj" qurilish korxonasi ustasi, Toshkent shahri
"O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan qishloq xo‘jaligi xodimi" faxriy unvoni bilan
Ziyoviddinov Ilxomjon Saloxiddinovich - Namangan tumanidagi "Navbahor namunasi" ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Namangan viloyati
Kenjayev Baxodir Axmatovich - Boyovut tumanidagi "Ahmadiy" ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi boshlig‘i, Sirdaryo viloyati
Harbiy xizmatchilar va huquqni muhofaza qilish organlari xodimlaridan:
“Mehnat shuhrati” ordeni bilan
Kurbanov Xolmurad Abdusalamovich - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi kafedra professori
Raximov Abdumannob Kuziyevich - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy sudining sudyasi
Churakov Erkin Ibragimovich - X. Sulaymonova nomidagi Respublika sud ekspertiza markazi Sud-ballistika va izshunoslik ekspertiza laboratoriyasi mudiri
I darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan
Aripov Toxir Tulkinovich - Samarqand viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i
Maxmudov Viktor Vladimirovich - O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Xavfsizlik kengashi kotibi
II darajali “Shon-sharaf” ordeni bilan
Ikramov Azizbek Israilovich - O‘zbekiston Respublikasi favqulodda vaziyatlar vaziri
Kamilov Azizbek Baxridinovich - O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i
Mukofotlanganlarning to‘liq ro‘yxati bilan quyida tanishish mumkin.