Press-sentr Sputnik Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 29.04.2024
Matbuot markazi
Sputnik O‘zbekiston matbuot markazi “Rossiya segodnya” xalqaro media guruhi tarkibiga kiradi. Matbuot-markazi raqami: +99897 190 71 78

O‘zbekiston va Mordoviya hamkorligining yangi ufqlari ochilmoqda — Artom Zdunov

Obuna bo‘lish
Eksklyuziv
Farmatsevtika, temir yo‘l vagonlari va quyosh panellari ishlab chiqish va yana qator sohalarda qo‘shma korxonalar tuzish maqsad qilingan.
Yaqinda Mordoviya delegatsiyasining Toshkentga biznes missiyasi yakunlandi. Tadbir doirasida, Toshkentdagi Sputnik matbuot markazida Respublika rahbari Artem Zdunovning brifingi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu missiyaga Mordoviya bir necha oy davomida tayyorlandi. Bu vaqt ichida hamkorlikning asosiy yo‘nalishlarini aniqlandi va korxonalar aniq takliflar tayyorladilar. Biznes-forum boshida kelishuvlar imzolandi, - dedi Respublika rahbari.

Zdunovning so‘zlariga ko‘ra, Mordoviya va O‘zbekiston o‘rtasidagi savdo aylanmasi 2,5 baravar oshdi, ammo hamkorlik salohiyati bundan ancha katta.
Mordoviya o‘zbekistonlik hamkorlariga temir yo‘l vagonlarini ishlab chiqarishdan tortib energetikagacha bo‘lgan sohalarda texnologiyalar va yechimlarni taqdim etdi. Xususan, bularga muzlatgichli va harorat saqlovchi (termos) temir yo‘l vagonlari, zamonaviy farmatsevtika texnologiyalari va mavjud binolarga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan moslashuvchan quyosh panellari kiradi.
Farmatsevtika loyihalaridan biri allaqachon amaliy rivojlanishga erishdi: Rossiya kompaniyasi O‘zbekistonda yangi dori vositasini ro‘yxatdan o‘tkazdi va bu yerda to‘liq kompaniya ochdi.
Zdunov shuningdek, ishlab chiqarishni mahalliylashtirishni hamkorliknng asosiy yo‘nalishi sifatida belgiladi - ikki mamlakat korxonalari nafaqat savdo qiladi, balki birgalikda mahsulotlar ishlab chiqaradi va ularni bozorga chiqaradi.
Mordoviya shuningdek, maktablar va bolalar bog‘chalarida ovqatlanishni tashkil qilish bo‘yicha o‘z tajribasi bilan o‘rtoqlashishga tayyor. O‘z navbatida, mintaqa texnoparklarni rivojlantirish, shaharsozlik va davlat-xususiy sheriklik sohasidagi O‘zbekiston tajribasini o‘rganishni rejalashtirmoqda.
Alohida mavzu - bu oilalarni qo‘llab-quvvatlash va demografiya. Rossiya Davlat Kengashining "Oila" bo‘yicha komissiyasiga ham raislik qiluvchi Artom Zdunov tashrifi davomida O‘zbekiston tajribasi bilan tanishmoqda.
Uning ta’kidlashicha, nafaqat yuqori tug‘ilishning sabablarini, balki oilalar uchun yaratilgan sharoitlarni va odamlarning kelajakka ishonch bilan qarashlarini ham tushunish muhimdir. Bu tajriba "Rossiyaning oilaviy poytaxti" loyihasi uchun foydali bo‘lishi mumkin.
"Umumiy tug‘ilish darajasi uchdan yuqori bo‘lganda, bu mamlakat rahbariyati va hukumatining barcha mintaqalarda muvozanatli davlat siyosatidan dalolat beradi", deb ta’kidladi Artom Zdunov.
Mordoviya rahbari shuningdek, mintaqaning O‘zbekiston fuqarolarini ishlash va o‘qishga jalb qilishga qiziqishini ta’kidladi.
Uchrashuv ramziy ma’noda yakunlandi. Artom Zdunov Sputnik tahririyatiga Mordoviyaning mashhur toblangan emanidan yasalgan bumerangni sovg‘a qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bumerang mehmondo‘st O‘zbekistonga qaytish ramziga aylanishi kerak.
Yangiliklar lentasi
0