https://oz.sputniknews.uz/20260821/timur-ismailov-59847139.html
Timur Ismailov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Timur Ismailov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Sputnik O‘zbekiston
Ismailov 2024-yil yanvaridan buyon Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Undan avval IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan.
2026-08-21T09:57+0500
2026-08-21T09:57+0500
2026-08-21T09:57+0500
siyosat
iiv
yangi tayinlov
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/15/59847227_0:67:1280:787_1920x0_80_0_0_470ecbd893aeba81b17601a126179002.jpg
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Timur Ismailov O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati xabar berdi.Ismailov 2024-yil yanvaridan buyon Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Undan avval IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan.Ismailovga jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan istiqbolli vazifalar yuklatildi.Shuningdek, tizimni raqamlashtirish bo‘yicha vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish, ichki ishlar organlarining boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, jamoat tartibini saqlashning zamonaviy usullarini keng joriy etish, aholining huquqiy madaniyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishonchini yanada oshirishga qaratilgan choralarni samarali tashkil etish talabi qo‘yildi.
https://oz.sputniknews.uz/20260727/energetika-vaziri-59303636.html
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2026
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
https://cdn1.img.sputniknews.uz/img/07ea/08/15/59847227_72:0:1209:853_1920x0_80_0_0_9e309ca17803f0ba8609e66f43febee9.jpgSputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
siyosat, iiv, yangi tayinlov
siyosat, iiv, yangi tayinlov
Timur Ismailov ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlandi
Tayinlovga qadar u Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi.
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Timur Ismailov O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari — Jamoat xavfsizligi departamenti boshlig‘i etib tayinlandi. Bu haqda IIV matbuot xizmati
xabar berdi.
Ismailov 2024-yil yanvaridan buyon Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgandi. Undan avval IIV Terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, IIV Jinoyat qidiruv bosh boshqarmasi boshlig‘i lavozimida mehnat qilgan.
Ismailovga jamoat xavfsizligini ta’minlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish tizimini yanada takomillashtirishga qaratilgan istiqbolli vazifalar yuklatildi.
Shuningdek, tizimni raqamlashtirish bo‘yicha vazifalar ijrosini qat’iy nazoratga olish, ichki ishlar organlarining boshqa davlat idoralari va jamoat tashkilotlari bilan hamkorligini kuchaytirish, jamoat tartibini saqlashning zamonaviy usullarini keng joriy etish, aholining huquqiy madaniyati va huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishonchini yanada oshirishga qaratilgan choralarni samarali tashkil etish talabi qo‘yildi.