O‘zbekiston va Gruziya yuk tashish uchun E-Permit tizimini joriy etdi

© Sputnik / Mixail Voskresenskiy, STF / Mediabankka o‘tishGruzovie furi
Gruzovie furi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 21.08.2026
Obuna bo‘lish
Yangi tizim ruxsatnomalarni olish jarayonini tezlashtirish, qog‘oz blankalardan foydalanishni qisqartirishga qaratilgan
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. O‘zbekiston va Gruziya o‘rtasida yuk tashish uchun E-Permit tizimi joriy etildi. Bu haqda O‘zbekiston Transport vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.
Endi “ikki tomonlama”, “tranzit” hamda “uchinchi davlatga/dan” turdagi ruxsatnomalar milliy tashuvchilarga arizalari asosida faqat elektron shaklda beriladi. Mazkur ruxsatnomalar avval foydalanilgan taqsimlanadigan blankalar turidan chiqarildi.
Ta’kidlanishcha, yangi tizim ruxsatnomalarni olish jarayonini tezlashtirish, qog‘oz blankalardan foydalanishni qisqartirish va inson omilini kamaytirishga qaratilgan.
Shuningdek, xalqaro yuk tashuvlarida milliy tashuvchilar uchun yanada qulay va shaffof mexanizm yaratiladi.
E-Permit — xalqaro avtomobil yuk tashuvlarini amalga oshirish uchun beriladigan elektron ruxsatnoma bo‘lib, u tashuvchiga boshqa davlat hududiga kirish, undan tranzit o‘tish yoki uchinchi davlatga/dan yuk tashish imkonini beradi.
Nima uchun O‘zbekiston va Gruziya hamkorligi yangi bosqichga ko‘tarilmoqda? - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 10.07.2026
Matbuot markazi
Nega O‘zbekiston va Gruziya hamkorligi yangi darajaga ko‘tarilmoqda – video
Yangiliklar lentasi
0