TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Moskvada Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev va Keniyaning Rossiyadagi elchisi Piter Mutuku Matuki uchrashdi.Tomonlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari va Keniya o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qildi.Sagintayevning ma’lum qilishicha, 2026-yil yanvar-may oylarida YeOII mamlakatlari va Keniya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2025-yilning shu davriga nisbatan ikki baravar oshgan.Avvalroq 2027-yilgacha bo‘lgan davrda Afrikaning ayrim davlatlari, integratsion birlashmalari va rivojlanish institutlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga kompleks ko‘maklashish bo‘yicha tadbirlar rejasi qabul qilingan edi.U YeIKning Afrika ittifoqi va qit’aning mintaqaviy integratsion birlashmalari bilan hamkorligini nazarda tutadi.
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi davlatlari va Keniya o‘rtasidagi hamkorlik izchil rivojlanib bormoqda.
TOShKENT, 21 avg – Sputnik. Moskvada Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) hay’ati raisi Bakitjan Sagintayev va Keniyaning Rossiyadagi elchisi Piter Mutuku Matuki uchrashdi.
Tomonlar Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) davlatlari va Keniya o‘rtasidagi hamkorlikning holati va istiqbollarini muhokama qildi.
Sagintayevning ma’lum qilishicha, 2026-yil yanvar-may oylarida YeOII mamlakatlari va Keniya o‘rtasidagi tovar ayirboshlash hajmi 2025-yilning shu davriga nisbatan ikki baravar oshgan.
“So‘nggi besh yilda YeOII mamlakatlari va Keniya o‘rtasidagi tovarlar tashqi savdosi hajmi 8,8 foizga oshib, 2025-yilda 460,2 mln dollardan ziyodni tashkil etdi. 2026-yilning yanvar-may oylarida tovar ayirboshlash hajmi 2025-yilning shu davriga nisbatan ikki baravardan ko‘proq oshdi", - dedi YeIK ha’ati raisi.
Avvalroq 2027-yilgacha bo‘lgan davrda Afrikaning ayrim davlatlari, integratsion birlashmalari va rivojlanish institutlari bilan savdo-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga kompleks ko‘maklashish bo‘yicha tadbirlar rejasi qabul qilingan edi.
U YeIKning Afrika ittifoqi va qit’aning mintaqaviy integratsion birlashmalari bilan hamkorligini nazarda tutadi.
YeOII
Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.