O‘zbekiston YaIMda norasmiy va yashirin iqtisodiyot ulushi — infografika

Obuna bo‘lish
Kuzatilmaydigan iqtisodiyotning asosiy qismi uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar faoliyati hissasiga to‘g‘ri keldi.
Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–iyun oylarida O‘zbekistonda kuzatilmaydigan iqtisodiyotning yalpi qo‘shilgan qiymati 245,5 trln so‘mni tashkil etdi.
Kuzatilmaydigan iqtisodiyotning asosiy qismi uy xo‘jaliklari va jismoniy shaxslar faoliyati hissasiga to‘g‘ri kelib, 165,5 trln so‘mni tashkil etdi. Yashirin iqtisodiyot hajmi esa 80 trln so‘mga baholangan.
Sohalar kesimida kuzatilmaydigan iqtisodiyotning tegishli tarmoq yalpi qo‘shilgan qiymatidagi ulushi qishloq, o‘rmon va baliqchilik xo‘jaligida 60,5 foizni, xizmatlar sohasida 23 foizni, qurilishda 17,8 foizni, sanoatda esa 6,7 foizni tashkil etdi.
Batafsil — Sputnik infografikasida.
Yangiliklar lentasi
0