O‘zbekiston va Eron turizm hamda transport sohasidagi hamkorlikni kengaytiradi

© Ministerstvo inostrannix delUzbekistan i Iran rasshirayut sotrudnichestvo v sfere turizma i transporta
Uzbekistan i Iran rasshirayut sotrudnichestvo v sfere turizma i transporta - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2026
Obuna bo‘lish
Tomonlar turistik almashinuv, xalqaro transport yo‘laklari va yuk tashish hajmini oshirish masalalarini muhokama qildi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri birinchi o‘rinbosari Bahromjon A’loyev Tehronda Eronning madaniy meros, turizm va hunarmandchilik vaziri Sayyid Rizo Solihiy-Amiriy bilan uchrashdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.
Muloqotda umumiy tarixiy-madaniy merosni asrab-avaylash va targ‘ib qilish, turistik almashinuvni rivojlantirish hamda madaniyat va turizm sohalarida qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
A’loyev, shuningdek, Eronning yo‘llar va shaharsozlik vaziri Farzona Sodiq bilan muzokara o‘tkazdi.
Tomonlar xalqaro transport yo‘laklarini rivojlantirish, logistika samaradorligini oshirish va ikki mamlakat o‘rtasida yuk tashish hajmini ko‘paytirish imkoniyatlarini ko‘rib chiqdi.
Uchrashuvlarda tegishli idoralar o‘rtasidagi aloqalarni faollashtirish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga kelishib olindi.
Uzbekistan i Iran obsudili rasshirenie torgovix i transportnix svazey - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2026
O‘zbekiston va Eron savdo hamda transport aloqalarini kengaytirishni muhokama qildi
Yangiliklar lentasi
0