Samarqandda og‘ir va bedavo kasal bolalarga yordam berishda Rossiya tajribasi o‘rganilmoqda

© SputnikV Samarkande izuchayut opit Rossii v okazanii palliativnoy pomoshi detam
V Samarkande izuchayut opit Rossii v okazanii palliativnoy pomoshi detam - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 20.08.2026
Obuna bo‘lish
Rossiyalik mutaxassislar samarqandlik shifokorlarga og‘ir va bedavo kasal bolalarning og‘rig‘ini yengillashtirish va ularni parvarishlash usullarini o‘rgatmoqda.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Samarqandda og‘ir va bedavo kasal bolalarga palliativ yordam ko‘rsatish bo‘yicha Rossiya tajribasi o‘rganilmoqda, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Mashg‘ulotlarga rossiyalik mutaxassislar bilan birga, bu yo‘nalishda amaliy tajriba to‘plagan mahalliy ekspertlar ham jalb qilingan.
Rossiyalik mutaxassislar orasida Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligining bolalar palliativ yordami bo‘yicha bosh mutaxassisi, professor Yelena Polevichenko hamda Sverdlovsk viloyati bolalar klinik shifoxonasining Bolalarga palliativ yordam ko‘rsatish markazi rahbari Yelena Sapego bor.
Polevichenkoning aytishicha, universitet mutaxassislari seminar tashkilotchisi — O‘zbekiston Ijtimoiy himoya milliy agentligi taklifi bilan Samarqandga kelgan.
Seminarda bolalarga palliativ yordam ko‘rsatishning zamonaviy usullari, og‘ir bemor bolalar va ularning oilalari bilan ishlash, shuningdek, murakkab holatlarda tibbiy va ijtimoiy yordamni samarali tashkil etish bo‘yicha bilim va tajriba almashilmoqda.
Viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining ma’lum qilishicha, kelgusida mahalliy mutaxassislarni Ufa xospisiga yuborish rejalashtirilgan. Ular Rossiya tajribasi bilan bevosita tanishib, samarali ish usullarini Samarqandda joriy etadi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev iyun oyi boshida onkologik va gematologik tibbiy yordam hamda palliativ xizmat tizimini takomillashtirish bo‘yicha takliflar taqdimoti bilan tanishgan edi.
O‘shanda Samarqand viloyatida og‘ir va bedavo kasalliklarga chalingan bolalar uchun xospis shaklidagi palliativ yordam markazini ochish rejalashtirilayotgani ma’lum qilingan.
Uzbekistan budet sotrudnichat s Rossiyey v oblasti slujbi krovi i transplantologii - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 16.07.2026
O‘zbekiston Rossiya bilan qon xizmati va transplantologiya bo‘yicha hamkorlik qiladi
Yangiliklar lentasi
0