Chorvoq suv ombori yaqinida yangi shamol elektr stansiyasi ishga tushdi
Chorvoq suv ombori yaqinida yangi shamol elektr stansiyasi ishga tushdi
Sputnik O‘zbekiston
Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatga ega Chorbog‘ shamol elektr stansiyasi ishga tushdi. Xitoyning 28 mln dollarlik grantiga qurilgan obyekt 20 mingga yaqin xonadon talabini qoplaydi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatga ega Chorbog‘ shamol elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.Burchmulla hududida barpo etilgan stansiyada har biri 5 MVt quvvatga ega to‘rtta zamonaviy shamol turbinasi o‘rnatilgan.Stansiya ekspluatatsiyasi boshlig‘i Rustam Ergeshovning ma’lum qilishicha, obyekt yiliga 50 mln kVt·soatgacha ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkin. Bu qariyb 20 mingta xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan yillik talabini qoplashga yetadi.Loyiha Xitoy tomoni ajratgan 28 mln dollarlik grant hisobiga amalga oshirildi. Qurilishning bosh pudratchisi Xitoyning TBEA kompaniyasi bo‘ldi. Turbinalar va boshqa texnologik uskunalar ham Xitoydan yetkazib berilgan.
Xitoy ajratgan 28 mln dollarlik grant hisobiga qurilgan stansiya yiliga 50 mln kVt·soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
TOShKENT, 20 avg — Sputnik. Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatga ega Chorbog‘ shamol elektr stansiyasi foydalanishga topshirildi, deb xabar bermoqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri.
Burchmulla hududida barpo etilgan stansiyada har biri 5 MVt quvvatga ega to‘rtta zamonaviy shamol turbinasi o‘rnatilgan.
Stansiya ekspluatatsiyasi boshlig‘i Rustam Ergeshovning ma’lum qilishicha, obyekt yiliga 50 mln kVt·soatgacha ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarishi mumkin. Bu qariyb 20 mingta xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan yillik talabini qoplashga yetadi.
"Shamol tezligi sekundiga 3 metrga yetganda generatorlar avtomatik ravishda ishga tushadi, 22 metrga yetganda esa avtomatik tarzda o‘chadi. Barcha jarayonlar inson aralashuvisiz boshqariladi. Elektr energiyasi hech qanday yoqilg‘isiz, faqat shamol kuchi hisobiga ishlab chiqariladi", — dedi Ergeshov.
Loyiha Xitoy tomoni ajratgan 28 mln dollarlik grant hisobiga amalga oshirildi. Qurilishning bosh pudratchisi Xitoyning TBEA kompaniyasi bo‘ldi. Turbinalar va boshqa texnologik uskunalar ham Xitoydan yetkazib berilgan.
"O‘zbekgidroenergo" shamol energetikasi texnologiyalarini 2017-yilda aynan Bo‘stonliq tumanida sinovdan o‘tkaza boshlagan. O‘shanda 750 kVt quvvatga ega dastlabki pilot shamol qurilmasi ishga tushirilgan edi.