Boyevaya podgotovka podrazdeleniy VDV na poligone v zone SVO. - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 24.02.2022
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya 21-fevral kuni Donesk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishini e’lon qildi, 24-fevral kuni esa Vladimir Putin Donbassda maxsus harbiy operatsiya boshlanganini ma’lum qildi. Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy infratuzilmasiga, xususan qurol-yarog‘ omborlari va aerodromlarga zarba berdi.

Rossiya va Ukraina o‘zaro 103 nafardan harbiy asir almashdi

© Ministerstvo oboroni RF / Mediabankka o‘tishVozvrashenie iz plena rossiyskix voyennix
Vozvrashenie iz plena rossiyskix voyennix - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2026
Obuna bo‘lish
Almashinuv BAA vositachiligida o‘tkazildi. Rossiyaga qaytarilgan 103 nafar harbiyning 31 nafari yarador ekani ma’lum qilindi.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Rossiya va Ukraina o‘zaro 103 nafardan harbiy asir almashdi. Bu haqda Rossiya Mudofaa vazirligi xabar berdi.
Vazirlik ma’lumotiga ko‘ra, Ukraina nazoratidagi hududdan 103 nafar rossiyalik harbiy qaytarildi, evaziga 103 nafar Ukraina harbiy xizmatchisi topshirildi. Almashinuv BAA gumanitar vositachiligida amalga oshirildi.
Rossiyalik harbiylar Belarus orqali vataniga olib kelinmoqda. Keyin ular Rossiya Mudofaa vazirligi gospitallarida davolanish va reabilitatsiyadan o‘tish uchun mamlakatga olib kelinadi.

Rossiya inson huquqlari bo‘yicha vakili Yana Lantratovaning ma’lum qilishicha, qaytarilganlar orasida 31 nafar yarador harbiy bor. Uning aytishicha, bunday miqdorda yaradorlarni almashish uzoq vaqtdan beri birinchi marta amalga oshirilgan.

Almashinuv chog‘ida Lantratova va Ukraina ombudsmani Dmitriy Lubines Belarus –Ukraina chegarasida uchrashdi. Ular keyingi asirlar almashinuvi, oilalarni birlashtirish va tinch aholini qaytarish masalalarini muhokama qildi.
Lantratova so‘nggi uchrashuvdan buyon Ukraina tomonining 618 nafar harbiy asiri saqlanayotgan sharoitlar bilan tanishganini ham ma’lum qildi.
Vozvrashenie rossiyskix voyennix iz ukrainskogo plena, arxivnoe foto - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 15.05.2026
Rossiyaning Donbassdagi maxsus harbiy operatsiyasi
Rossiya va Ukraina o‘zaro 205 nafardan asir bilan almashdi
Yangiliklar lentasi
0