Qirg‘izistonda YeOII va MDH davlatlarining birinchi yoshlar forumi start oldi  - Sputnik O‘zbekiston, 1920
O‘zbekiston va YeOII
Shavkat Mirziyoyev hukumat, ekspertlar va parlament a’zolariga O‘zbekistonning YeOIIga kirish istiqbollarini har tomonlama o‘rganib chiqish, bu integratsiyaning barcha afzalliklari va xavf-xatarlarini baholab, yakuniy qaror qabul qilish uchun batafsil hisobot taqdim etilishi haqida topshiriq bergan edi.

YeOIIda ekspress-yuklar va onlayn-savdo uchun yangi bojxona qoidalari tayyorlanmoqda

© Press-slujba YeEK V YeAES gotovat novie tamojennie pravila dlya ekspress-gruzov i onlayn-torgovli
V YeAES gotovat novie tamojennie pravila dlya ekspress-gruzov i onlayn-torgovli - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 19.08.2026
Obuna bo‘lish
Yangi yondashuv hujjatlarni avtomatik tekshirish, yetkazib berish vaqtini qisqartirish va onlayn-eksportni soddalashtirishga qaratilgan.
TOShKENT, 19 avg — Sputnik. Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqida (YeOII) ekspress-yuklar va elektron savdo tovarlarini bojxonadan o‘tkazish tartibini soddalashtirish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Yevroosiyo iqtisodiy komissiyasi (YeIK) xabar berdi.
Yangiliklar YeIK huzuridagi tegishli ishchi guruh yig‘ilishida muhokama qilindi. Asosiy takliflardan biri bojxona nazoratini avtomatlashtirishga qaratilgan.
Xususan, ekspress-yuklar va elektron savdo tovarlari deklaratsiyalarida taqiq va cheklovlarga oid ma’lumotlarni maxsus kodlar orqali ko‘rsatish taklif etildi.
Bu hujjatlarni avtomatik tekshirish, bojxona operatsiyalarini tezlashtirish va jo‘natmalarni yetkazib berish vaqtini qisqartirish imkonini berishi kutilmoqda.
Yana bir yangilik YeOII mamlakatlari marketpleyslaridan xorijlik xaridorlar sotib olgan tovarlarni eksport qilishga tegishli. Bunday tovarlar uchun elektron savdo deklaratsiyasining soddalashtirilgan shaklini qo‘llash taklif qilinmoqda. YeEK ma’lumotiga ko‘ra, bu mahalliy sotuvchilarning tashqi bozorlarga chiqishini yengillashtiradi.
Komissiya muhokamalar yakunlari bo‘yicha elektron savdo tovarlari deklaratsiyasini to‘ldirish tartibiga tegishli o‘zgartirishlarni tayyorlaydi.
YeOII

Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi (YeOII) - 2015-yil 1-yanvardan faoliyat yuritib kelayotgan xalqaro iqtisodiy birlashma. Ittifoqqa hozir Rossiya, Armaniston, Belarus, Qozog‘iston va Qirg‘iziston a’zodir. O‘zbekiston 2020-yilda YeOIIda kuzatuvchi maqomini oldi. Moldova, Kuba, Eron ham kuzatuvchi maqomiga ega.

KengaytirishYig‘ishtirish
YeEK i Uzbekistan obsudili voprosi tamojennogo sotrudnichestva - Sputnik O‘zbekiston, 1920, 03.08.2026
O‘zbekiston va YeOII
O‘zbekiston va YeOII o‘rtasida bojxona muzokaralari kuzda boshlanadi
Yangiliklar lentasi
0