Markaziy ko‘rgazmalar zalida Ro‘zi Choriyev va Teshaboy Pirmatov ijodiga bag‘ishlangan yubiley ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda. Ekspozitsiya 30-avgustga qadar davom etadi.
Toshkentdagi Markaziy ko‘rgazmalar zalida "Bizning meros" turkumi doirasida O‘zbekiston xalq rassomi Ro‘zi Choriyev (1931–2004) va taniqli musavvir Teshaboy Pirmatov (1936–2008) tavallud sanalariga bag‘ishlangan yubiley ko‘rgazmasi davom etmoqda.Ko‘rgazmada ikki rassomning boy ijodiy merosi keng jamoatchilikka taqdim etilgan. Ekspozitsiyada ularning milliy tasviriy san’at taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, o‘ziga xos ijodiy uslubi va asarlarida aks etgan mavzularga alohida e’tibor qaratilgan.Teshaboy Pirmatov ijodida dehqonlar va mehnatkashlar hayoti, qishloq turmushi hamda ona tabiat manzaralari muhim o‘rin egallaydi. Uning asarlari ranglar uyg‘unligi, puxta kompozitsiya, obrazlarning samimiyligi va mazmundorligi bilan ajralib turadi.Ko‘rgazmadan musavvirning "Makkajo‘xori yetishtiruvchilar", "Pilla", "Biz paxtakormiz" kabi mashhur asarlari ham o‘rin olgan. Rassom ijodida inson mehnati, oddiy turmush tarzi va hayotga muhabbat asosiy g‘oyalardan biri sifatida namoyon bo‘ladi.O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiyaning faxriy akademigi Ro‘zi Choriyev esa milliy rangtasvir, ayniqsa, portret janri rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Uning asarlarida Surxondaryo tabiati, xalq turmushi, inson ruhiyati va milliy qadriyatlar o‘ziga xos badiiy talqinda aks etgan.Ro‘zi Choriyev ijodida portret janri alohida o‘rin tutadi. U oddiy qishloq ahlidan tortib taniqli madaniyat va san’at namoyandalarigacha bo‘lgan qator zamondoshlar obrazlarini yaratgan. Surxondaryo tabiati va uning odamlariga bag‘ishlangan asarlar ham rassom ijodining muhim qismini tashkil etadi.Ko‘rgazmaga qo‘yilgan asarlar ikki ustoz musavvirning ijodiy qarashlari, individual badiiy uslubi va o‘zbek tasviriy san’ati tarixidagi o‘rnini yana bir bor namoyon etadi.Ekspozitsiya Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondi hamda Teshaboy Pirmatovning o‘g‘li Ulug‘bek Pirmatovning shaxsiy kolleksiyasi asosida shakllantirilgan.Ko‘rgazma 30-avgustga qadar davom etadi.
Toshkentdagi Markaziy ko‘rgazmalar zalida "Bizning meros" turkumi doirasida ikki taniqli o‘zbek musavvirining yubiley ko‘rgazmasi davom etmoqda.
Toshkentdagi Markaziy ko‘rgazmalar zalida "Bizning meros" turkumi doirasida O‘zbekiston xalq rassomi Ro‘zi Choriyev (1931–2004) va taniqli musavvir Teshaboy Pirmatov (1936–2008) tavallud sanalariga bag‘ishlangan yubiley ko‘rgazmasi davom etmoqda.
Ko‘rgazmada ikki rassomning boy ijodiy merosi keng jamoatchilikka taqdim etilgan. Ekspozitsiyada ularning milliy tasviriy san’at taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi, o‘ziga xos ijodiy uslubi va asarlarida aks etgan mavzularga alohida e’tibor qaratilgan.
Teshaboy Pirmatov ijodida dehqonlar va mehnatkashlar hayoti, qishloq turmushi hamda ona tabiat manzaralari muhim o‘rin egallaydi. Uning asarlari ranglar uyg‘unligi, puxta kompozitsiya, obrazlarning samimiyligi va mazmundorligi bilan ajralib turadi.
Ko‘rgazmadan musavvirning "Makkajo‘xori yetishtiruvchilar", "Pilla", "Biz paxtakormiz" kabi mashhur asarlari ham o‘rin olgan. Rassom ijodida inson mehnati, oddiy turmush tarzi va hayotga muhabbat asosiy g‘oyalardan biri sifatida namoyon bo‘ladi.
"Teshaboy Pirmatov asarlarida inson mehnati, qishloq hayoti va ona tabiat go‘zalligi yuksak badiiy mahorat va samimiyat bilan ifoda etilgan", — deya ta’kidlandi ko‘rgazma ochilishida.
O‘zbekiston xalq rassomi, Badiiy akademiyaning faxriy akademigi Ro‘zi Choriyev esa milliy rangtasvir, ayniqsa, portret janri rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan ijodkorlardan biri hisoblanadi. Uning asarlarida Surxondaryo tabiati, xalq turmushi, inson ruhiyati va milliy qadriyatlar o‘ziga xos badiiy talqinda aks etgan.
Ro‘zi Choriyev ijodida portret janri alohida o‘rin tutadi. U oddiy qishloq ahlidan tortib taniqli madaniyat va san’at namoyandalarigacha bo‘lgan qator zamondoshlar obrazlarini yaratgan. Surxondaryo tabiati va uning odamlariga bag‘ishlangan asarlar ham rassom ijodining muhim qismini tashkil etadi.
Ko‘rgazmaga qo‘yilgan asarlar ikki ustoz musavvirning ijodiy qarashlari, individual badiiy uslubi va o‘zbek tasviriy san’ati tarixidagi o‘rnini yana bir bor namoyon etadi.
Ekspozitsiya Badiiy ko‘rgazmalar direksiyasi fondi hamda Teshaboy Pirmatovning o‘g‘li Ulug‘bek Pirmatovning shaxsiy kolleksiyasi asosida shakllantirilgan.